Get Mystery Box with random crypto!

FEʼL NISBATLARI; Oʻzlik nisbat: ✓Oʻzlik nisbat - bajaruvchi | 📘 GRANT CHANNEL 📗

FEʼL NISBATLARI;

Oʻzlik nisbat:

✓Oʻzlik nisbat - bajaruvchisi oʻz ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan feʼl shakli.

✓Qoʻshimchasi: -(i)n, -(i)l

✓Oʻzlik nisbat feʼl asosidagi qoʻshimchalar qoʻshish orqali hosil qilinadi.
Masalan:
taradi — tarandi,
yuvdi — yuvindi,
maqtadi — maqtandi.

✓Oʻzlik nisbatda harakatni bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda boʻladi.
Masalan, Aziza yuvindi gapida Aziza ham harakat bajaruvchisi, ham harakat bajarayotgan obyekt hisoblanadi.

✓Oʻzlik nisbat shakli faqat oʻtimli feʼllarga qoʻshiladi: kiyindi (kiy — oʻtimli feʼl), yuvindi ( yuv — oʻtimli feʼl), tarandi (tara - oʻtimli feʼl).
Ayrim feʼllardan oʻzlik nisbat shakli yasab boʻlmaydi.
Masalan, yayramoq, oʻqimoq, sayramoq, qichqirmoq, uxlamoq kabi.

Kanalimiz https://t.me/grant_channel
Raxmatova Marjona