Get Mystery Box with random crypto!

“Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” desa, nima qilish k | Gradatsiya o'quv markazi

“Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” desa, nima qilish kerak?
#abituriyent

JAVOB: Parolni tiklash kerak.

Ko’pchilik abituriyentlar o’tgan yili DTM saytida ro’yxatdan o’tgan telefon raqami bilan yana bir marotaba ro’yxatdan o’tishga urunishmoqda. Natijada ularga “Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan!!!” degan ogohlantirish chiqmoqda (1-rasm).

Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

Eng avvalo shuni bilingki, agar telefon raqam tizimda bor bo’lsa, unda siz qayta ro’yxatdan o’tishingiz shart emas. Sizga “Tizimga kirish” yoki “Parolni tiklash” funksiyalari yordam beradi.

1-variant: o’tgan yilgi parolingizni yoddan bilsangiz, unda “Tizimga kirish” degan joydan telefon raqamingiz orqali qayta tizimga kiring (2-rasm).

2-variant: agar o’tgan yilgi parolni eslay olmasangiz, unda bu ham vahimali emas. Shunchaki, quyidagi amallarni bajaring:

a) “Parolni tiklash” sahifasiga kiring. Telefon raqamingizni va so’ralgan matematik amalni kiritib, “Parolni tiklash” tugmasini bosing (3-rasm);

b) 5100 raqamidan telefoningizga kelgan 6 ta harfli parolni kiriting va “Tasdiqlash” tugmasini bosing (4-rasm).

c) yangi parol qo’ying va “Kirish” tugmasini bosing (5-rasm).

Bo’ldi, qarabsizki siz o’z telefon raqamingiz bilan tizimga kirdingiz.


@xushnudbek