Get Mystery Box with random crypto!

TVOROGLI O’RAMA   Xamir uchun: Tvorog – 400 gr Shakar – 230 g | gozallik_moda_makiyaj

TVOROGLI O’RAMA
 
Xamir uchun:
Tvorog – 400 gr
Shakar – 230 gr
O'simlik yog'i – 115 gr
Tuxum – 3 dona
Dr. Oetker intensiv vanilini – 0.5 gr
Dr. Oetker xamir yumshatgichi – 10 gr
Bug’doy uni – 500 gr
 
Nachinka uchun (ta’bga qarab):
Birinchi variant:
300 gr qaynatilgan quyultirilgan sut + 200 gr yong'oq
 
Tayyorlash usuli:
1. Tvorog, shakar, o'simlik yog'i va tuxumni aralashtiring. Blender bilan bir tekis bo'lgunicha maydalang. Agar blender bo'lmasa, tvorogni elakdan o'tkazish mumkin yoki pastasimon tvorog olib, barchasini sanchqi yordamida yaxshilab aralashtirish mumkin.
2. Tvorog aralashmasiga intensiv vanilinni qo'shing va oldindan elangan va yumshatgich qo’shilgan unni oz-ozdan qo’shib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq va bir tekis xamir qoring. Uzoq vaqt davomida qorish shart emas, barcha masalliqlar aralashgani bilanoq, bir-ikki marta qorib, 15 daqiqaga muzlatgichga olib qo'ying.
3. Xamirni 2 qismga bo'lib, har birini un sepilgan yuzaga 3 mm atrofidagi qalinlikda yoying.
4. Yoyilgan xamirga o'zingiz tanlagan nachinkani soling. Xamirni murabbo, shokolad pastasi yoki qaynatilgan quyultirilgan sut bilan surish mumkin, ustidan yong'oq yoki quruq mevalar qo’shsa bo’ladi.
5. Nachinkali xamirdan o’rama yasaymiz, chetlarini qisib, oxirigacha yetmasdan uzunasiga o’rtadan kesamiz. Ikkala qismni o’zaro o’rab, o’rama hosil qilamiz.
6. O’ramani keks yoki non uchun to’rtburchak qolipga solamiz.
7. Ust qismini sariyog’ bilan suramiz va 180°C qizigan pechga 40-50 daqiqaga qizarguncha pishiramiz. Tayyorligini gugurt yoki tish cho’pi yordamida tekshirsa bo’ladi.
 
Tvorogli o’ramalar issiq va sovuqligida ham juda mazali va yumshoq bo’ladi.
 
Будь идеальной

Яқинларизга тарқатинг

Каналимизга обуна бўлиш

•┈•┈•┈•❁ ❁•┈•┈•┈•
@gozallik_moda_makiyaj
•┈•┈•┈•❁ ❁•┈•┈•┈•