Get Mystery Box with random crypto!

4-QAVAT | Futbol Olami 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi gollar_gollartv — 4-QAVAT | Futbol Olami 🇺🇿 4
Telegram kanalining logotibi gollar_gollartv — 4-QAVAT | Futbol Olami 🇺🇿
Kanal manzili: @gollar_gollartv
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.09K
Kanalning ta’rifi

4-qavat - futbol olamidagi o'zgacha atmosfera! ⚡️
Admin:

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 32

2022-10-07 15:01:01
Salom Bollar.

Man sport analitikiman, man 3 yildan beri o'zimni telegram kanalimni yurigizvomman

Mani obunachilarim o'sha kanalda juda yaxshi soqqani qivotti mani maslahatim va mani strategiyam bo'yicha yaxshi pulni ko'tarishyapti

Siz ham mana shunaqa yaxshi pulni ko'tarishingiz mumkin faqat uyalmasdan mani kanalimga qo'shililar va mani lichkamga yozilar
3.5K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-10-06 15:06:10
Ukrainaga atalgan o‘yin

“Shaxtyor” kecha “Real”ga qarshi o‘yinda yengildi, biroq bu o‘yin og‘ir damlarni o‘tkazayotgan Ukrainaga bag‘ishlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu vaqtga qadar legionerlar makoni bo‘lgan “Shaxtyor”ning Madriddagi asosiy tarkibi to‘liq ukrainalik futbolchilardan iborat bo‘ldi.

Bundan tashqari “Real” safida ham bir nafar ukrainalik Andrey Lunin boshlang‘ich tarkibda tushdi. Shu tariqa 22 futbolchidan 12 nafari ukrainaliklardan iborat bo‘ldi.

Xullas, tinchlik bo‘laversin. Janglar faqat sportda qolsin.
17.7K views12:06
Ochish/sharhlash
2022-10-06 15:06:10
Korzinka ustidagi “Paxtakor”, Makro tepasidagi “Bunyodkor”

Belgrad tajribasidan kelib chiqib, masalan, Toshkentda ham shunaqa qilsa bo‘laveradi. Shundoq ham poytaxt klublari ko‘p sig‘imli stadionlarning uchdan birini ham to‘ldira olmayapti.

Korzinka rahbariyati, balki, “Paxtakor” stadionini o‘zlarining yangi supermarketi tomlariga qurishni o‘ylab ko‘rar. Yoki Makro’chilar “Bunyodkor”ni o‘z boshlariga o‘tkazishar.

“Lokomotiv” qolib ketyapti-ku dersiz, bu klubda o‘zi muxlis bormi? Ha, agar bor bo‘lsa, birorta bekatning ustiga 5-6 ta o‘rindiqli stadion qurvorsa ham bo‘ladi-ku a?

Endi masalan-da
17.5K views12:06
Ochish/sharhlash
2022-10-06 15:06:10
Savdo markazidagi stadion

Belgradning (Serbiya poytaxti) “Vojdovas” klubi shahardagi mahalliy savdo markazi tomida qurilgan stadionda uy o‘yinlarini o‘tkazadi. Ushbu stadion o‘z bag‘riga 5200 muxlisni sig‘dira oladi.

Marketingning “yomoni” qilingan ekan-a. Jamoang yutsa, quvonchingdan xarid qilib kayfni davom ettirasan, aksi bo‘lib qolsa, alamingdan u-bu narsa xarid qilib, xumoringdan chiqasan
17.4K views12:06
Ochish/sharhlash
2022-10-06 15:06:10
Messi, Messi va yana Messi

Rekordlarni yangilashdan charchamayotgan Leoga oid eng so‘nggi raqam va faktlar:

➤ Futbolchi Chempionlar Ligasidagi gollari sonini 127 taga yetkazib oldi. Birinchi o‘rindagi Krishtianuda 140 ta gol bor;

➤ Lionel ketma-ket to‘rtta o‘yinda gol urishga erishdi. U joriy mavsum “PSJ” safidagi 13 o‘yinda 8 ta gol va 8 ta assist amalga oshirdi;

➤ Messi YCHLda gol urgan jamoalar soni 40 taga yetdi. Eng yaqin ta’qibchi Ronaldu 38 xil klub darvozasini ishg‘ol qilgan;

➤ Leo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 83 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 77 ta gol urdi;

➤ Messi YCHLda jarima maydonida tashqarisidan urilgan gollari sonini 22 taga yetkazdi va bu borada Ronalduga tenglashib oldi;

➤ Argentinalik joriy mavsumdagi 15 o‘yindan 13 tasida “uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi” nomiga loyiq ko‘rildi.
17.5K views12:06
Ochish/sharhlash
2022-10-05 21:53:03
UCHRASHUVLAR YAKUNLANDI

Chempionlar Ligasi | -tur

"RB Zalsburg" 1-0 "Dinamo Zagreb"
GOL: Okafor 71' (P).

"RB Leypzig" 3-1 "Seltik"
Gollar: Nkunku 27', Silva 64', 77' - Jota 47'.
1.8K views18:53
Ochish/sharhlash
2022-10-05 21:53:03
"So'g'diyona" penaltilar seriyasida "Kuala Lumpur"ga imkoniyatni boy berdi.

OFK Kubogi | Hududlararo final

"So'g'diyona" 0-0 "Kuala Lumpur"
Penaltilar bo'yicha - 3-5
1.8K views18:53
Ochish/sharhlash
2022-10-05 21:53:03
SofaScore ma'lumotlariga ko'ra, joriy mavsumda Yevropaning TOP- ligasidagi eng yaxshi nafar futbolchi.‌‌
1.7K views18:53
Ochish/sharhlash
2022-10-05 21:53:03
#Rasman: Frank Kessi o'ng sonidan jarohat olgan.
1.7K views18:53
Ochish/sharhlash
2022-10-05 21:53:03
Erling Holand "Man Siti"ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
1.6K views18:53
Ochish/sharhlash