Get Mystery Box with random crypto!

'Chelsi' bugun mashg'ulot bazasi hisoblangan 'Kobhem'da Enso F | 4-QAVAT | Futbol Olami 🇺🇿

"Chelsi" bugun mashg'ulot bazasi hisoblangan "Kobhem"da Enso Fernandesning taqdimotini o'tkazdi. Argentinalik iqtidor "aristokratlar" safida "Arsenal"ga transfer qilingan Jorjinyodan qolgan 5-raqamda harakatlanadigan bo'ldi.

“Men “Chelsi” va uning rahbarlari menga ushbu loyihaning bir bo’lagi bo’lishim uchun bor imkoniyatlarini ishga solishganidan juda minnatdorman. Men ushbu jamoaga qo’shilganimdan, jahonning eng kuchli ligasidan o’ynay olishim va eng obro’li sovrinlar uchun kurasha olishimdan mamnunman. Muhlislarimiz ko’z o’ngida maydonda harakatlanishimni va jamoadoshlarimga maydon hamda uning tashqarisida ham yordam berishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi.