Get Mystery Box with random crypto!

​Andijon mashinasozlik instituti Zakovat oliy ligasi qishki ma | 一═デ︻ ʀᴇᴠᴏʟᴠᴇʀ ᴛᴇᴀᴍ ︻デ═一

​Andijon mashinasozlik instituti Zakovat oliy ligasi qishki mavsumiga start berilmoqda!

Andijon mashinasozlik instituti Zakovat Oliy Ligasi qishki mavsumi start olish arafasida . Bu safar turnir reglamenti butkul boshqacha yani yutuqlarni qo'lga kiritish imkoniyati bor. Oliy Liga o'yinlarida barcha akademik guruhlaridan shakillantirilgan jamoalar ishtirok etadilar. Oldigi turnirlardan farqli jixati endi jamoalar o'yinni tark etmaydi aksincha jamg'argan ballari hisobiga aniqlanadi. O'z guruhingizdan Jamoa shakllantiring va Oliy Liga Oyinlari ishtirokchisiga aylaning.

Endilikda Zakovat savollaridan tashqari, yakkalik "Alifbo bo‘yicha savol javob" o‘yinini ham yo‘lga qo‘yganmiz. Oliy Liga yakunida g'olib jamoa institut ko'chma kubok va esdalik sovgalari bilan taqdirlanadi . Guruhingizdan jamoani shakllantiring va jamoa nomini va o`yinchilar ro‘yxatini @AbrorNematullayev001 ga yuborishingiz munkin.

Oliy Liga O'yinlarida institutning sirtqi ta'lim yo'nalishlaridagi hamda ta'limning magistratura bosqichi talabalari ham ishtirok etishlari mumkin.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
Telegram| Facebook| Instagram| YouTube