Get Mystery Box with random crypto!

​Hatto eng katta musibat ortida ham baxt oʻz mujdasini namoyon | Golden Books

Hatto eng katta musibat ortida ham baxt oʻz mujdasini namoyon qilishi mumkin...

"Zulayho koʻzini ochyapti" , avvalo, kitob nomi kitobxonni oʻziga jalb qilmasdan qoʻymaydi. Va mening eʼtiborimni kitob muqovasi koʻproq tortdi. Muqovada atirgulning tikonli bandi aks etgan surat, pastda esa yaproqlari tasvirlangan ekan. Hayot yoʻlimizda turli xil sinovlar boʻladi, baʼzan shu tikonli yoʻllarni bosib oʻtishimizga toʻgʻri keladi. Sabr bilan ularni yengsak, albatta, uning guliga yetamiz. Ya'ni BAXTga yetamiz. Zulayhoning hayoti ham shunday tasvirlangan. Kitobni oʻqish davomida Zulayho bilan yashadim, u bilan qiyinchiliklarga chidadim. Kitobda 20-asr voqealari Zulayhoning hayoti orqali yoritib berilgan.

Zulayho oʻn besh yoshida turmushga chiqib, turmush mushtlariga chidashga majbur boʻladi. Qaynonasining zulmlarini koʻradi, erining kaltaklarini taʼmini totadi. Turmushi davomida 4 ta qizini qabrga oʻz qoʻllari bilan qoʻyadi. Har tong Zulayho koʻzini ochishi bilan bugungi kuni qanday oʻtishi haqida oʻylaydi. Chunki kelajagi mavhumligini oʻzi yaxshi biladi. Hayot uni itoatkor va jafokash qilib tarbiyalaydi. Shunday qiynalishiga qaramasdan Zulayho hayotidan hech ham nolimay yashardi.

Zulayho oʻzini " Allohning yodidan chiqqan ayolman", — deb oʻylardi. Chunki u boshidan kechirgan qiyinchiliklar uni shu gapni aytishga majbur qilgandi. Qishlogʻidagi barcha erkaklar oʻldirilib, ayollar esa surgun qilinadi. O'sha ayollar ichida Zulayho ham bor edi. Yarim yil umri yoʻlda, azobda oʻtadi. Oʻsha vaqt davomida oʻgʻli Yusufni dunyoga keltiradi. Oʻgʻli uning ushbu hayotda yashashga undab turuvchi yagona umid chirogʻi edi. Oʻtmishimiz hayoti aks etgan ushbu kitobni oʻqish davomida tinchligimiz uchun, farovon hayotda yashayotganimiz uchun Allohga hamd aytamiz. Nega oʻtmishimiz dedim, chunki 20-asrda Sovet Ittifoqiga biz ham boʻysunganmiz. Xuddi shu kabi hayot tarzi bizning oʻzbek ayollari boshidan ham oʻtgan. Erlari quloq qilinib, ayollarining oʻzlari roʻzgʻor tebratish mobaynida qanchalik mashaqqat chekkanink tarixdan bilib olganmiz.

Kitobni oxiri ajoyib yakunlangan ekan. Albatta oʻqib koʻring

Kamillas_diary