Get Mystery Box with random crypto!

#darslikda yoʻq ma'lumotlar MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR Murakk | GOLD ONA TILI VA ADABIYOT

#darslikda yoʻq ma'lumotlar
MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR
Murakkab qoʻshma gaplar 4 turga boʻlinadi
1)Bir necha ergash gapli qoʻshma gap
2)Bir necha bosh gapli qoʻshma gap
3)Aralash murakkab qoʻshma gap
4)Qismlari uyushgan murakkab qoʻshma gap
Tarkibida ikki va undan ortiq ergash gaplar mavjud bo'lgan gaplar bir necha ergash gapli murakkab qoʻshma gap sanaladi.
M:Agar siz yoqtirgan odam sizga mehr-muhabbatini ayamasa, e'tibor bilan qarasa, bu olam-olam quvonch bagʻishlaydi.
Tarkibida ikki va undan ortiq bosh gaplar mavjud gaplar bir necha bosh gapli murakkab qoʻshma gap sanaladi.
M:Butun dunyoga maʼlumki,siz ham unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimizdir.
Tarkibida ergashgan, bogʻlangan, bog'lovchisiz qoʻshma gaplar mavjud bolsa, aralash murakkab qoʻshma gaplar hisoblanadi.
M:Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan
Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gaplar qismlari uyushgan murakkab qoʻshma gaplar deyiladi
M:Yer shivirlaydi,yulduz jivirlaydi,bahordan darak keladi
Shohjahon Ibragimov
@gold_ona_tili_adabiyot