Get Mystery Box with random crypto!

​O'rangan gulim O'zi desin aylab iltifot: Jannat senga bo'ls | 😎 Gogo | Kanalda qoling

​O'rangan gulim

O'zi desin aylab iltifot:
Jannat senga bo'lsin ey qulim.
Rahmon ismin aytib top vafot,
Alloh uchun o'rangan gulim.

Hijobingga osilgan zotlar,
Jahannamda abadiy dodlar.
Bir kun tugar fitna-fasodlar,
Alloh uchun o'rangan gulim.

Qalbing ekan bamisli shisha,
Sindirdilar qilmay andisha.
Senga ibrat bo'lsin Oisha,
Alloh uchun o'rangan gulim.

Farishtalar ketmas qoshingdan,
Toki ro'mol tushmas boshingdan.
Nur ichrasan to'qqiz yoshingdan,
Alloh uchun o'rangan gulim.

Soching rangi sariqmi qaro,
Faqat yoring bilar el aro.
Qop qilmasin yelkangni yaro,
Alloh uchun o'rangan gulim.

Men ham Haq-chun bukdim tizlarim,
Mozorboshda tugar izlarim.
Etagingdan tutsin qizlarim,
Alloh uchun o'rangan gulim.

Abdurahmon Meshayan


@Gogo_Nina kanali