Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza_uchun MUVAFFAQIYATSIZLIK – TAJRIBA UCHUN IMKONIYAT | Geothe Hikmatlari

#mulohaza_uchun

MUVAFFAQIYATSIZLIK – TAJRIBA UCHUN IMKONIYAT (2-qism)

Ushbu maqolaning 1-qismi

O‘rganishdan to‘xtamang.

Ilm insonga bilim, ya’ni qudrat beradi. O‘qishdan to‘xtamang. “Ko‘p o‘qigani bois dunyo uniki edi”, deydi adib Betti Smit baxtiyor qahramonlaridan biriga izoh berar ekan. Kitob odamlarga xato qilib, afsus chekib yurmasliklari uchun tuhfa etilgan.

Unutmang: yaxshi kitoblarni o‘qish – dunyoning eng dono kishilarining suhbatida bo‘lish demak.

Siz har kuni ikki soatlik vaqtingizni o‘z qiziqishingizga, sohangizga oid kitoblarni o‘qishga sarflasangiz, bir yil ichida bu sohada hech kim sizning oldingizga tusha olmaydi.

Bilim – muvaffaqiyatning ibtidosi. “Ta’lim – bu muvaffaqiyat va omadning bezagi, nochorlikdagi ishonchli panohdir”, degan edi Arastu.

Hayotdagi yutuq erishilgan muvaffaqiyat bilan emas, boy berilgan imkoniyatlar bilan o‘lchanadi. Sababi omadsizlik mohiyatan tajriba va bilimning asosi. Omadsizlik “sen omadsizsan” emas, aksincha, “omading hali oldinda” degani. Boisi bizni muvaffaqiyatsizlik bilan sinagan hayot aslida bizni tayyorlayotgan bo‘ladi.

Xo‘sh, nega muvaffaqiyat omadsizlik bilan boshlanar ekan? Sababi hayotda g‘olib bo‘lib yashash uchun inson doimo bilim-tajribaga ehtiyoj sezadi. Tajriba esa biz ro‘baro‘ kelayotgan mashaqqatlar natijasi.

Mahatma Gandining fikricha, munosib umr kechirish uchun har bir insonda bo‘lishi zarur besh fazilat:

1) o‘zgarmoqlik:
“Sen dunyoni qanday ko‘rishni xohlasang, shunga qarab, avvalo o‘zing o‘zgar”.

2) savolni to‘g‘ri bermoqlik:
“Savolning kuchi shundaki, u inson kamolotining negizidir”.

3) muntazam harakatda bo‘lmoqlik:
“Bizni muntazam harakatga undovchi ichki turtki mavjud. Bu – qiziquvchanlikdir. Natijani yoki o‘z imkoniyatimizni bilishga bo‘lgan qiziqish. Birgina kichik qadam ulkan rejani amalga oshirishi va siz birinchi qadamni hoziroq tashlashingiz mumkin”.

4) kechirimlilik:
“Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish – kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik – ruhiy kamolot belgisi”.

5) e’tiqodni mustahkamlamoqlik:
“Sizning e’tiqodigingiz – o‘y-hayollarning poydevoridir. Siz gapirayotgan gap – kechinmalarning mevasi va mavridi kelib, bu so‘zlar muntazam harakatga, harakatimiz doimiy odatga ko‘ra belgilanadi. Qadr-qimmatimiz esa taqdirimizga aylanadi”.

Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”