Men kanalimni sevaman, Menga kanalim yoqadi. Endi menga baribir, Kim qanaqa boqadi. Kanalda odam kam lekin, Yo’qdan ko’ra shukur bor. Bu dunyoda hech admin Emas mendek baxtiyor. Minusga kirsam jilmayib, Reklama qo’ysam kulaman. Ortiqcha yozganlarni, Shartta chorni qilaman. Telegram degan baloda, Kanal ochib qo’yganman. Va ustida a’zolarga, Rasm tashab turganman. Har tong qarab telimga, Deyman mening g’amim yo’q. Kanalim juda faol Tashvishim yo’q, kamim yo’q. Xomush bo’lar ba’zilar Plyuslarim sanashib. Menga esa turibdi Minuslar ham yarashib. Kanal-kanal, bot-botdir. Har narsa o’z holicha. Azizlarim kanalimizni Qabul qiling boricha. » 6 views14:21