Get Mystery Box with random crypto!

O'qing faqat yig'lamang Yigit va qiz tun qo’ynida mototsikld | 𝐷𝑖𝑙𝑑𝑎𝑔𝑖 𝑠𝑎𝑡𝑟𝑙𝑎𝑟𝑖𝑚 ✍🌸/𝑈𝑦𝑑𝑎 𝑞𝑜𝑙𝑖𝑛𝑔

O'qing faqat yig'lamang

Yigit va qiz tun qo’ynida mototsiklda ketib borardi. Tezlik 180 km/s. Ular bir-birlarini juda sevishardi. Qiz: Biroz sekinroq haydang.. Qo’rqayapman... Yigit: Yo’q, bu biram qiziq.. Qiz: Iltimos, qo’rqayapman.. Yigit: Unda, meni sevishingni ayt.. Qiz: Yaxshi.. Sizni sevaman.. endi tezlikni pasaytirasizmi? Yigit: Meni yana bir marta quchgin.. Qiz uni qattiq quchoqladi. Qiz: Endi balki sekinroq haydarsiz? Yigit: Boshimdagi kaskani olib o’zing kiyib ol, iltimos. U judayam noqulay va haydashimga halaqit berayapti... Ertasi kuni gazetada bir voqea haqidagi kichik xabar bosildi.Tormozi buzilgan bir mototsikl binoga borib urilgan edi. Mototsiklda 2 kishi bo’lgan ekan. Ulardan biri vafot etibdi, ikkinchisi esa omon qolibdi. Yigit mototsikl tormozi buzuqligini tezlik pasaymayotganidayoq bilardi. Lekin u qiz bu haqda bilishini xohlamagan. Chunki bilardiki, qiz bu narsadan juda ham qo'rqib ketardi. Buning o’rniga u qizdan so’nggi marta uni sevishini yana bir marta eshitdi, qizdan quchoq oldi va unga qiz shikast yetmasligi uchun kaskasini kiydirdi, hamda o’zi o’ldi... Ba’zan oddiy hayotning shundoqqina o’rtasida sevgi bizga ertak taqdim qilarkan. So’nggi so’z o’rnida: Hayot qo’lda yaxshi qartalarni tutib turishdan emas, balki bor qartalar bilan yaxshi o’ynashdan iborat...

@Glavniyga_photolar