Get Mystery Box with random crypto!

SEN MENGA KERAKSAN 9-QISM **Yarim tun. Yulduz nimad | ♡IZHORIM♡

SEN MENGA KERAKSAN
9-QISM
**Yarim tun. Yulduz nimadandir bezovta bo'lib uyg'onib ketti. Yoki begona joy bo'lgani uchun uhlolmadimi o'zi ham bilmaydi. Yonida Ziyoda bilan Hilola mazza qilib uhlab yotibdi. Yulduz o'rnidan turdi. Oynadan tashqariga qaradi. Soat tungi 2:00 . Sardor basseyn yonidagi stolda bir o'zi o'tiribdi. Yulduz yana mazasi bo'lmayaptimikan degan hayolda uning yoniga tushdi.
-Uhlamadimi?
-Uygonib kettim.
-Nega?
-Bilmasam. A siz nega uhlamayapsz .
-Uhlolmadm . Xotiralarimiz uhlatmadi. Bu yerga endi keldim 5 yildan beri. Oxirgi marta sen bilan kelgandik esingdami.
-Unutib bo'larkanmi.
Yulduz Sardorning yonidagi stulga o'tirdi.
-Ha nimasini aytasan. Sen bilan o'tkazgan har onim yuragimga muhrlangan.
Tanishganimiz, to'yimiz va baxtli o'tgan to'rt oy. Hammasi yaxshi edi. O'sha voqeagacha.
-Sardor aka ichganmisz.
-Ha ichdm. Alamdan ichdim. Bekor o'tgan 5 yil uchun ichdim.
-Ahvolingiz...
-Yaxshiman. Lekin vijdonim senga bergan azoblarim bularni o'ylasam...
-Bo'ldi Sardor aka. Bu taqdir . Bizlarga yuborilgan sinov.
-Balki...
-Bu 5 yilni siz ham men ham qaytarolmaymiz. Endi hammasi kelajakka bog'liq.
-Ha to'g'ri lekin men...
Shu onda Sardor gapini tugatolmay yana og'riqqa roparo' boldi.
Sardor aka. Nima bo'lyalti sizga . Nimaaa.
-Dori... mashinamda dori bor.
Sardor dorini ichib ancha o'ziga keldi.
-Xonangizga olib boraymi? -Yo'q. Biroz toza havoda yurmoqchiman..
-Soat 3 daya.
-Nima qilibdi. Yonimda sen bo'lasanku. Yoki hohlamaysanmi.
-Nega siz bilan birga bo'lish men uchun baxtku. Ayniqsa besh yildan keyin.
Sardor Yulduzni mashinasiga o'tkizib daryo bo'yiga olib bordi. Ikkalasi mqshinadan tushib o'sha yerdagi o'rindiqlardan biriga ötirishdi. Sardor ustidagi sport kyimini yechib soviqdan junjikb turgan qizni bağriga tortdi.
-Hohlaysanmi ertagayoq o'z uyimizga köchib ötamiz.
-Yo'q hozir buni mavridi emas.
-Nega yana qanday sabab bor.
Yulduz indamadi. Ko'z yoshlariga g'arq bölib turaverdi. Xonasiga qaytganidan söng ham öziga kelmadi.
Ey hudoyim unga haqiqatni qanday aytaman . U kechirmaydi. Buni hech qachon kechirmaydi. Endi nima qilaman bordiyu haqiqatni bilb qolsachi. Nega u bilan uchrashdim . Nega axir . Men uchun yuborilgan sinovlar tugaydimi bir kun.
Yangi ofis . Yangi kayfiyat va ishga yangicha yondashuv. Hammasi ajoyib bo'la boshlagandi.
-Alo eshitaman jonim. Voyey menam soğinganman. Bugunmi albatta körishamiz. Mayli ovqatlangani ham boramiz. Yulduz telefonda gaplashishga shunchalik berilib ketgandiki uni eshitib turgan Sardorni ham sezmay qoldi.
-Kim bilan gaplashyapsan.
-H.h.Halligi men...
-Kim deyapman. Sardor hodimlariga ham qaramasdan baqirib ketti.
-Yanami Yulduz .yana aldayapsan meni. Qanday badding siğdi.qanday. xiyonatkor.
-Men tushuntiraman hammasini
-Keragi yoq. Eshitishni ham hohlamayman. Meni ikkinchi bor o'ldirding.
-men.
-Böldi keragi yoq.
Sardor hech kimga qaramay chiqb ketdi.
Shu kundan boshlab ikkisi ham umuman gaplashmaydigan bo'lishdi. Endi tiklanayotgan munosabatlar ham barham topdi. Sardor o'zinida unutdi. Operatsiyani ham. Ahvoli oğirlashsada etibor bermadi o'ziga.
Bir kuni Sardor mashinasini ustaxonadan olgani borgandi. Tayyor bolishiga bir soatlarcha bor ekan. U zerikkanidan ösha yerdagi istirohat bog'ini aylanib chiqmoqchi bo'ldi.
Bir mahal daraxt yonida o'tirgan bolakayga kozi tushb qoldi. Negadir u bilan gaplashgisi kelaverdi.
-Salom bolakay.
-Assalomalekum.
-Valekum. Nima qilyapsan bu yerda.
-Oyimni kutyapman.
-Oying qani.
-Hozir keladila.
-Dadang kelmadimi.
-Dadam uzoooqdala. Hali ulani bir martayam kormadim. Oyimning aytishicha bir kuni qaytib kelarkanla.
-Yoshing nechada.
-4da. Uch oydan keyin besh boladi.
-Voy maladets. Judayam aqilli bola ekansanku.
-isming nima?
-Sarvarbek.
Sardorning yuragi allanechuk bo'lib ketdi. Negaki Yulduz bilan agar o'g'il farzandli bölishsa ismini Sarvarbek qoyishga kelishishgani yodiga tushib ketdi.
-Ha chiroyli isming bor ekan bolakay.
-Sarvarbek qayerdasan.
Sardor ovoz egasini o'sha ondayoq tanidi...

https://t.me/Alamlarim_org