Get Mystery Box with random crypto!

SEN MENGA KERAKSAN 7-QISM -Tabriklayman. Bugungi g' | ♡IZHORIM♡





SEN MENGA KERAKSAN

7-QISM

-Tabriklayman. Bugungi g'alabangiz umrboqiy bo'lsin. Bir haftadan so'ng biz uchun ajratilgan ofisga ko'chib o'tamiz. Barchangizga raxmat. Sizlarni harakatingiz qobilyatingiz tufayli biz shunday natijaga erishdik. Qani oldik. Faqat yigitlar albatta. Sardor birinchi bo'lib qo'lidagi qadahni bo'shatdi. Undan keyin birin ketin boshqalar ham ichishdi. Ziyofat avjida. Bo'limdagilar mazza qilib o'ynab kulishardi. Sardor biroz o'ynagan kishi bo'lib joyiga o'tirdi. Va boshini bir tomonga tashlab ko'zlarini uzmasdan Yulduzni kuzata boshladi.
-Ehhh, qanchalar nomardlik qildima. G'ururim ko'zlarimni ko'r qilib qo'yibdi. Birgina yolg'on tufayli besh yil bir birimizdan ayro yashadik. Besh yil u haqida o'ylamadim desam yolg'on bo'ladi ammo biror marta ham habar olmadim. Bunga ham o'sha g'ururim sababchi. Bo'ldi endi hammasini ortga qaytaraman. Uning besh yilini qaytarib beraman.
Me'yoridan ortiq ichilgan ichkilil Sardorga o'z tasirini o'tkazib borardi. Asta boshi aylana boshladi. Hozir ketmasa hodimlarini oldida noqulay ahvolada qolishini o'ylab o'rnidan turdi. Biroq vujudidagi og'riq uni joyiga qaytardi. Nima qilishini bilmay telefonini qo'liga oldi.va xabar jo'natdi.
-Taksi to'xtat ketmasam bo'lmaydi mashina boshqarolmayman.
Bu xabar Yulduzga jo'natilgandi. Aksiga olib u ham telefoniga qaramasdi. Sardor og'riqqa bir amallab chidab o'zi tashqariga chiqdi. O'sha yerdagi stolga o'tirib olishga arang ulgurdi. Yo'q dedi u boshqa yurolmayman.
Bu paytda Yulduz telefonidagi xabarni ko'rib shoshib qolgandi. Nima qilishini bilmay tashqariga yugurib chiqdi va o'rindiqda bukchayib o'tirgan Sardorni ko'rdi.
-Sardor aka sizga nima bo'ldi...
-Mashina.. uyga borishim kerak. Dorilarimmm..
-Mana hozir hozir Taksii
-Sardor manzilni tushuntirdiyu o'zini orqaga tashladi. Shunaqa payt o'zi hamma narsa aksiga oladi. Negadir lift ham ishlamayotgandi. Sardor Yulduzni yordamida uchinchi qavatga ko'tarildi. Ichilgan ichimlik kamiga og'riq va Yulduzning ifori uni jinni qilayozgandi.
U xonasiga kirib o'zini divanga tashladi.-Dorilarim oshxonada stolda.
-Hozir olib kelaman.
Yulduz dorilarni olib kelib ichirdi.
-Ohirgi paytlarda ahvolingiz ...
-Men yaxwhiman.
-Unda bu dorilarchiii
-A ular shunchaki dori.Asablarni tinchlantiradi.
-Siz jinni emasdiz shekilli.
-Sen jinni qilding meni .seni mana bu iforing jinni qildi meni tushunyapsanmi.
-Qo'yib yuboring meni siz mastsiz.
-Xushim joyida. Undan keyin biz haliyam qonuniy er xotinlarmiz.
-Kulgumni keltirmang. Ertasigayoq arizani imzolattirgan siz emasmi.
-U soxta hujjat edi.
-Nimaaa??? Nega axir...
-Chunki jur'atim yetmadi.
Hammasini boshidan boshlaymiz eshityapsanmi hammasini senga o'tgan yillarni qaytaraman. Faqat sen yonimda bo'lsang bo'lgani. Eshityapsanmi meni yonimda bo'l...


-Sardor aka uyg'oning. Tong otdi sevgilim.
-Yagonam o'zimni .
-Bugun qanaqa kunligi esingizdami.
-Albatta ketamiz Piramidaga .
-Obbo yana hamkasblar oldida janjallashar ekanmizda .
Ikkalasi ham kulib yuborishdi.

-Salom Sardorbek. Yaxshi yetib keldingizmi.
-Ha raxmat Asqar aka ishlar yaxshimi.
-Ishlar zo'r. Mana kalit . Bemalol dam olinglar ubu xizmat kamchiliklar bo'lsa men shu yerdaman.
-Mayli aka raxmat.
Qani yigitlar narsalarni tushuringlar .bu dacha ikki kun ixtiyoringizda bo'ladi.
Hamma hashamatli uyni ko'rib hangu mang bo'lib qolishdi. Ikki qavatli bu uyda joningdan boshqa hamma narsa bor. Huddi chet davlatigi tushib qolgandek hos qilishardi hodimlar o'zlarini. Faqatgina Yulduz bundan mustasno edi. Chunki u bu yerlarda ko'p bo'lgan. Sababi bu dacha Sardorniki edi. Qancha baxtli damlar o'tgan bu yerda eh heee...
Sardor basseyndagi suvga termular ekan beixtiyor o'tmishini yodga oldi.

5 yil avval...

https://t.me/Alamlarim_org