Get Mystery Box with random crypto!

Bir akamiz farzandlari haqida: – Kundalik darslarining ichida | G'iyosiddin Yusuf | blog

Bir akamiz farzandlari haqida:

– Kundalik darslarining ichida "Kundalik odoblar" turibdi, – deya ushbu rasmni yuborgan edilar...

"Kundalik odoblar"ni yozganimda kitobning hajmi kichik bo‘lganidan arzimas ish bo‘ldi deya katta natijadan umid qilmagan edim. Alhamdulillah, juda katta natija bo‘lmagan bo‘lsa ham men o‘ylaganimdan yaxshi kutib olindi, yaxshi fikrlar bildirildi. Bugungi kungacha 31 ming nusxada nashr etildi. Undan 5000 tasi Qirg'izistonda nashr etildi.

Ayni kunlarda kitobni qayta nashrga tayyorlayapman. Shuning uchun kitobni farzandlaringiz o‘qigan yoki o‘zingiz o‘qib bergan bo‘lsangiz, fikr-mulohazalar, takliflar bo‘lsa, qayta nashrda asqatadi, inshaalloh.

@GiyosiddinYusuf