Get Mystery Box with random crypto!

Farzandingizning 3 yoshdagi bolalar sindromi siz va turmush o' | G'iyosiddin Yusuf | blog

Farzandingizning 3 yoshdagi bolalar sindromi siz va turmush o'rtog'ingiz, ya'ni ota-onaning hissasi bilan hech qanday muammosiz o'tish mumkin.

Bu davrda bolangizga eng ko'p kerak bo'lgan narsa – mehr-e'tibor. Unga ko'proq mehr ko'rsating, quchoqlang va uni yaxshi ko'rishingizni tez-tez ayting.

Farzandingiz bilan kichik ishlarni baham ko'ring, unga kichik vazifalarni bering. Masalan, kirlarni saralashga yordam bersin. Shunda u o'zini muhimroq his qiladi.
Uch yoshli bolalar uchun oilaviy muhit juda muhimdir. U bilan birga sayrga boring, do'stlari bilan muloqot qilishiga imkon bering. Agar xohlasangiz, bolangizni yarim kunlik yoki to'liq kunlik bolalar bog'chasiga yozidirishingiz mumkin.

Ko'z bilan gaplashing, oddiy jumlalardan foydalaning. Farzandingiz sizni tushunsa va sizning muloqotingizga javob bersa, unga minnatdorchilik bildiring. Bu uni tinchlantiradi va o'zini qadrliroq his qildiradi.
Farzandingizning ijobiy xulq-atvorini qadrlang, shunda u ularni keyinroq ham takrorlashga urinadi.

3 yoshli bolalar ba'zan o'z narsalarini bo'lishishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Farzandingiz ham xuddi shunday kasallikka chalingan bo'lsa, uni o'yinchoqlarini baham ko'rishga majburlamang. U baham ko'rishni bilmagani uchun boshqa do'stlarining qo'lidan o'yinchoqlarni tortib olishi mumkin. U xohlagan vaqtda xohlagan narsani qilishni xohlaydi. Bunday holatda siz bolangizni doʻstlari bilan, bir xil muhitda, bir nechta bolalar o'yinchoqlari bilan o'ynaydigan parallel o'yinlarga yo'naltirishingiz mumkin.

Farzandingizni oʻzining xarakterlarini ifodalash uchun ijodiy faoliyatga yo'naltiring. Rasmli kitoblar va boʻyoq qoʻying uning oldiga yoki unga musiqa asbobini sotib oling. Uni ustaxonalarga, ko'rgazmalarga olib boring.

Bu davrda bolaning rivojlanishi nuqtayi nazaridan qat'iy qoidalarni o'rnatish nooʻrindir.

Bola tengdoshlari bilan do'stlashishi kerak, lekin u siz bilan ham do'stlik munosabatlariga ega bo'lishi muhimdir. Farzandingizning fikrlarini hech ikkilanmasdan siz bilan baham ko'rishini xohlasangiz, unga gapirish huquqini berishingiz kerak. U siz unga g'amxo'rlik qilayotganingizni va tinglashingizni tushunishi kerak.

3 yoshli bolani tarbiyalash uchun siz bolangizga "yo'q" deyishni o'rganishingiz kerak. Zarur bo'lganda aniq va tushunarli tilda "yo'q" deyishdan qo'rqmang. Bu yerda e'tibor berishingiz kerak bo'lgan nuqta siz ota-onalar "yo'q" deyish kerak bo'lganda bir xil javob berishingiz kerak. Aks holda, agar bola ota-onadan birini boshqara olishini his qilsa, u o'zi xohlagan narsasini shu ota-ona orqali olishga harakat qiladi. Barqaror bo'lishga intiling. Bir kun "ha", boshqa kuni "yo'q" demang.

Bolalardagi 3 yoshli ruhiy tushkunlik davri ota-onalarning xotirjamligi bilan yengish mumkin bo'lgan jarayon, buni unutmang. Uning e'tiborini yaxshi, qiziqarli va foydali narsalarga chalg'itishga harakat qiling.

#tarjima

@GiyosiddinYusuf