Get Mystery Box with random crypto!

Konsultatsiya vaqtida psixologga mijozdan olingan ma'lumotni t | Gipnoterapiya UZ

Konsultatsiya vaqtida psixologga mijozdan olingan ma'lumotni tahlil qilish uchun vaqt kerak bo'lsa yoki qanday savolni bersam ekan deb o'ylash uchun vaqt kerak bo'lsa, unda nima qilish kerak?

Psixolog va mijoz munosabati ishonch asosida bo'lish kerak.

Ochiq oydin keyingi savolni o'ylash uchun yoki olingan ma'lumotni yaxshiroq tushunish uchun o'zingizga vaqt ajrating.

Kerak bo'lsa tafsilotlarni aniqlang, mijoz bilan olingan ma'lumotni yaxshi tushunmaganingizni bemalol aytavering.

Axir siz insonsiz va ba'zan bazi bir masalalarni yaxshi tushunmaganligingiz tabiiy hol. Bu bilan mijozni ishonchini qozonasiz.

Misol uchun mana bunday gap va iboralardan foydalanishingiz mumkin:

"Xo'sh, endi men bu olingan ma'lumot sal fikrlarimni chalg'itib yubordi, keling keling, buni aytgan narsangizni yana bir qaytarib ayta olasizmi ... .."

Yoki "hozir menga o'ylash uchun bir oz vaqt kerak, demak sizni tushungan bo'lsam ...." deb gapni davom ettirishingiz mumkin