Get Mystery Box with random crypto!

​​ Bolalarda grippni davolash Grippning bolalardagi yengil va | Ginekologiya Ayollar Salomatligi

​​ Bolalarda grippni davolash

Grippning bolalardagi yengil va oʻrta ogʻir shakldagi holati uy sharoitida davolanadi. Kichik yoshdagi bolalar va ogʻir darajadagi gripp davosi kasalxonada olib boriladi. Yuqori tana harorati vaqtida qatʼiy yotoq rejimi va koʻproq iliq suyuqlik ichish tavsiya etiladi.

Bolalarda grippning davosi maksimal darajada erta muddatlarda boshlanishi kerak.

Grippning simptomatik davosida:
tana haroratini pasaytiruvchi va yalligʻlanishga qarshi preparatlar, 
muolitiklar,
yoʻtalga qarshi vositalar,
burun tomirlarini toraytiruvchi tomchi vositalaridan foydalaniladi.

Grippning kompleks davosida antigistamin preparatlari va vitamin komplekslari buyuriladi. Laringit va traxeit holatlarida ingalyatsiya usulidan foydalaniladi. Bakterial infeksiya qoʻshilganda antibiotiklar qoʻllaniladi.

ESLATMA
Bolalar amaliyotida har qanday dori preparatini qoʻllash shifokor tavsiyasiga koʻra amalga oshirilishi shart! Oʻzboshimchalik bilan kimyoviy preparatni mutaxassis tavsiyasisiz qoʻllash, ogʻir holatlarga sabab boʻlishi mumkin.

  @Ginekologiya
@Soglom_Oilabot
  @Urologiya_uz