Get Mystery Box with random crypto!

“Oilada erkak kishi, erkak bo’lishi kerak..!” Dinimiz Islom | Ginekologiya Ayollar Salomatligi

“Oilada erkak kishi, erkak bo’lishi kerak..!”

Dinimiz Islom ta'limotida oilaviy hayot muqaddas narsa hisoblanadi. Chunki, oila jamiyat binosining g‘ishti, bir bo‘lagidir. Agar binoning g‘ishtlari sog‘lom bo‘lsa, bino ham mustahkam bo‘ladi, aks holda bunday bino yemirilish va qulash xavfi ostida qoladi. Aynan shuning uchun dinimizda oila masalasiga benihoya jiddiy e'tibor qaratiladi, uning mustahkamligi, er-xotin o‘rtasidagi mehr-muhabbat davomiyligini ta'minlash uchun dinimiz Islom o‘ziga xos qonun-qoidalarni joriy qilib qo‘ygan. Oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va a'zolari bo‘lmish er va xotinning har biriga o‘ziga xos burch va vazifalarni yuklagan, bir-birlariga nisbatan haq va huquqlarni belgilab bergan. Agar er va xotin mazkur qoidalarga amal qilishsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi.


  @Ginekologiya
@Soglom_Oilabot
  @Urologiya_uz