Get Mystery Box with random crypto!

Pampers - bir martalik tagliklar haqida tavsiyalar... #mini_ma | Ginekologiya Ayollar Salomatligi

Pampers - bir martalik tagliklar haqida tavsiyalar...
#mini_maslahat

Bolalarga uy sharoitida pampers taqishda me’yorga amal qilish shart. Ayniqsa o‘g‘il bolalarga pampersni uzoq muddat taqish kelajakda o‘z salbiy asoratlarini berishi (bepushtlikka olib kelishi) mumkin.
Bolalar qisqa muddatga, (ya’ni uni poliklinikaga olib chiqqanda yoki mehmonga borganda) ortiqcha noqulayliklarning oldini olish maqsadida pampersdan foydalanish mumkin. Ayrim onalar kun davomida bolalarni pampersda qoldirishadi, bu mutlaqo noto‘g‘ri.
Pampers tanlaganda albatta uning havo o‘tkazuvchanligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Uzoq muddat pampersda yuradigan bolalarda hojatga chiqish ko‘nikmalari shakllanmay qoladi, natijada bunday bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga borganda qiynalishadi.
Onalar o‘z farzandlarini uy sharoitida pamperssiz parvarish qilishlari hamda ularda zarur ko‘nikmalar shakllanishida yordam berishlari kerak.

  @Ginekologiya
@Soglom_Oilabot
  @Urologiya_uz