Get Mystery Box with random crypto!

giglink

Telegram kanalining logotibi giglinkuz — giglink G
Telegram kanalining logotibi giglinkuz — giglink
Kanal manzili: @giglinkuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.95K
Kanalning ta’rifi

Eng soʻnggi texnologiyalar haqida
— ishonchli xabarlar
— batafsil tavsiflar
— va narxlar
Sayt: giglink.uz
Murojaat: @giglink_admin

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-04-27 10:18:53 Hamma ham bilmaydigan Windows uchun foydali klaviaturalar birikmasi:

Windows + V
— oxirgi nusxalangan matnlar va rasmlar ro‘yxatini ko‘rsatadi.

CTRL + Backspace — Backspace tugmasini bir necha marta bosmaslik uchun butun so'zni birdaniga o‘chiradi.

Windows + Shift + S — tahrirlash mumkin bo‘lgan tezkor skrinshot.

Windows + L — ish stolini bloklash.

CTRL + Shift + T — oxirgi tasodifiy yopilgan brauzer oynasini ochadi. Google Chrome brauzerida u avvalgi seansda ochilgan barcha tab’larni ham qaytaradi.

CTRL + Space — Word’da tanlangan matnning formatini qaytaradi.

CTRL + SHIFT + Windows + B — Agar o‘yin davomida kompyuter qotib qolsa, video drayverni tezda qayta ishga tushiradi.

Qolgan barcha tezkor klaviaturalar birikmasi:
https://giglink.uz/p/3147684

// giglink.uz rasmiy kanali
6.7K views07:18
Ochish/sharhlash
2023-04-27 09:13:02
Taʼmirlab boʻlmaydigan 5 ta Apple gadjeti

Appleʼga yaxshigina daromad keltiradigan gadjetlarning koʻplarini shunchaki tuzatib boʻlmaydi: bu xaridor uchun ogʻriqli, lekin kompaniya uchun pul topishning ayyorona usuli.

Quyida koʻz qorachigʻingizdek asrashingiz va buzmaslikka harakat qilishingiz kerak boʻlgan qurilmalar haqida maʼlum qilamiz:

https://giglink.uz/p/1393952

// giglink.uz rasmiy kanali
5.9K views06:13
Ochish/sharhlash
2023-04-27 07:29:27
Oʻzbekistonda aqlli shlemlar ishlab chiqarish uchun 1 million yevroga yaqin mablagʻ ajratiladi

MyDigitalHelmet — bu aqlli shlem boʻlib, u video va audio orqali ishchilarga masofaviy yordam koʻrsatish imkonini beradi. Qurilma xodimlarni masofaviy malaka markaziga ulaydi, bu esa ularga real vaqt rejimida axborot almashish imkonini beradi.

https://giglink.uz/p/6973666

// giglink.uz rasmiy kanali
6.2K views04:29
Ochish/sharhlash
2023-04-26 18:21:06
“Ilon Mask Stiv Jobs boʻla olmadi”: Tesla rahbarini ishdan boʻshashini soʻrashmoqda

Bir guruh Tesla sarmoyadorlari ochiq xatda kompaniya bosh direktori Ilon Maskni Twitter kabi boshqa kompaniyalari oldidagi majburiyatlarga haddan tashqari koʻp vaqt ajratayotganini aytib noroziligini bildirdi.

https://giglink.uz/p/1077660

// giglink.uz rasmiy kanali
3.2K views15:21
Ochish/sharhlash
2023-04-26 14:16:09
Hali sotuvga chiqmagan Beats Studio Buds+ e’loni Amazonda paydo bo‘ldi

Beats Studio Buds+ minigarnituralari shaffof keys va shovqinni yanada yaxshiroq kamaytirish funksiyasi bilan takomillashtirilgan. Mazkur simsiz minigarnitura sotilishi haqida ilk eʼlon muddatidan oldin Amazonda paydo boʻldi.

Beats buds 18-may kuni sotuvga chiqariladi va narxi 170$ atrofida bo‘ladi.

https://giglink.uz/p/7236498

// giglink.uz rasmiy kanali
4.5K views11:16
Ochish/sharhlash
2023-04-26 12:02:56
Ukrainaning “Uklon” taksi xizmati Oʻzbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Ukrainaning “Uklon” taksi kompaniyasi Oʻzbekistonda boʻsh ish oʻrinlarini eʼlon qildi. Bu haqda ish qidirish boʻyicha hh.uz saytida maʼlumot paydo boʻldi.

https://giglink.uz/p/8235366

// giglink.uz rasmiy kanali
5.1K views09:02
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:21:28
TikTok’da sun’iy intellekt asosida profil rasmlari tayyorlash funksiyasi paydo bo‘ladi

Mazkur funksiya avtomatik ravishda TikTok’ning o‘zida ishlaydi. Profil rasmlari mashhur Lensa ilovasi kabi bo‘lib, tayyor rasmlarni profilga joylash yoki saqlab olish mumkin.

https://giglink.uz/p/4974285

// giglink.uz rasmiy kanali
5.2K views07:21
Ochish/sharhlash
2023-04-26 08:58:45
iOS 17 da paydo bo‘ladigan yangi o‘zgarish va funksiyalar:

- Bloklash ekrani shrift oʻlchami parametrlari o‘zgaradi.
- Boshqa iPhone foydalanuvchilariga bloklangan ekran dizaynini ulashish tugmasi paydo bo‘ladi.
- Apple Musicʼda qoʻshiqlarning qulflangan ekranda paydo boʻladi.
- App Library’da papkalar nomini qoʻlda oʻzgartirish mumkin bo‘ladi.
- Boshqaruv markazi dizayniga bir qator oʻzgartirishlar qo‘shiladi.
- Fonar yorqinligini xuddi ovoz balandligini oʻzgartirgandek erkin sozlash mumkin bo‘ladi.

https://giglink.uz/p/4974285

// giglink.uz rasmiy kanali
5.3K views05:58
Ochish/sharhlash
2023-04-25 21:39:21
Sun'iy intellekt yordamida ishlaydigan robot "ogʻir ish kunidan" keyin yiqildi.

Ushbu videoda "Digit" nomli robot 20 soat davomida bir xil vazifani bajarganidan soʻng qulab tushdi.
Chunki u juda charchagan edi.

// giglink.uz rasmiy kanali
6.1K views18:39
Ochish/sharhlash
2023-04-25 21:00:17
Bugun Yaponiyaning “ispace” kompaniyasi Oyga kosmik kemani qoʻndirmoqchi boʻldi.

Jarayon onlayn efirga uzatildi
Rejalashtirilgan qoʻnish vaqtida kema bilan aloqa uzilib qoldi va bu urunish muvaffaqiyatsiz deb topildi.

Agar muvaffaqiyatli amalga oshirilganda: oy yuzasiga xavfsiz qo‘ngan birinchi kosmik kemaga aylanishi mumkin edi

// giglink.uz rasmiy kanali
6.0K views18:00
Ochish/sharhlash