Get Mystery Box with random crypto!

Tonirovka tekin bo‘lgani rostmi? Bugun, 1 iyul dan boshlab | gig.uz

Tonirovka tekin bo‘lgani rostmi?

Bugun, 1 iyul dan boshlab avtomobillarning oynalarni qoraytirish uchun ruhsatnomalar olish narxlariga o‘zgarishlar kiritildi:

avtomobilning orqa yon oynalarni qoraytirish to‘lovlari bekor qilindi;

oldi va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtirildi (2 400 000 so'm).

Qolaversa, mygov.uz sayti orqali oldi va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish uchun ruhsatnomani 10% chegirma bilan (2 160 000 so'm) sotib olish imkoniyati yaratildi.

Ammo, oynalarni qoraytirish bilan bog'liq harajatlar faqatgina shulardan iboratmi? Oynalarni qoraytirish xizmati necha pulga tushadi?

Toshkent shahrida oynalarni qoraytirish xizmatini narxlarini sizlarga taqdim etamiz:

oldi va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish - 1 400 000 so'mdan 2 500 000 so'm gacha.

orqa yon oynalarni qoraytirish - 800 000 so'm dan 1 600 000 so'm gacha.

Bizning kanalimizga obuna bo'ling va yangiliklardan habardor bo'ling.

Rus