Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyaga | Rasmiy🇩🇪🛫

Telegram kanalining logotibi germaniyadagi_uzbeklar — Germaniyaga | Rasmiy🇩🇪🛫 G
Telegram kanalining logotibi germaniyadagi_uzbeklar — Germaniyaga | Rasmiy🇩🇪🛫
Kanal manzili: @germaniyadagi_uzbeklar
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.18K
Kanalning ta’rifi

♡ Germaniya haqida barcha ma'lumotlar♡
◇Germaniyada grantlar haqida ma'lumotlar◇
♡Nemistili darslari va Germaniyaga ketish♡
Ma'lumotlar: @serdarkhan_bot
Reklama bo'yicha: @sanjar_rk

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-20 18:30:09 Assalomu aleykum. Juda köpchilikda Work and Travel (Ferienjob) da bu yil muammo bölyapti. Berlindagi Konsulimiz (Sarvar aka) bu masalada yordam berishga tayyor. Aloqaga chiqqanlar Özbekistonga qaytarib yuborilmaydi, ish sharoitlari örganilib qonuniy himoyaga olinadi. Albatta shartnoma böyicha kelishilgandek mehnat sharoitlari yaratib beriladi. Qonunni buzgan ish beruvchilarga chora köriladi. Kimda shu böyicha muammo bölayotgan bölsa aloqaga chiqinglar.

Elchixona va Konsullik fuqarolarimizni himoya qiladi va qöllab quvvatlaydi. Savol yoki muammaolar böyicha quyidagi nomer va Emaillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Konsullik bo'limi: Perleberger Straße 62, 10559 Berlin
Telefon: (+4930) 39 40 98 - 17 yoki - 24
Faks: (+4930) 39 40 98 - 21 yoki - 62
E-mail: konsulat@uzbekistan.de

Fuqarolar qabuli: Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha. Tushlik: 13:00 dan 14:00 gacha.
Telefon orqali maslahatlashuvlar shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha.

Hurmat bilan Umarali Mamatov!
14.3K views✯sᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ✯ᵖʳᵒシ︎, 15:30
Ochish/sharhlash
2022-06-14 12:54:31
Achtung Ariza topshirish muddati 30-iyunga qadar uzaytirildi.

International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi!

Copernicus Berlin tashkiloti tomonidan tashkillashtiriladigan bu dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Dasturda ingliz yoki nemis tilida qatnashish mumkin.

Ishtirokchilar uchun 2 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq barcha xarajat qoplanadi.
2. Qisman grant: Yo'l va tibbiy sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.

Dastur uchun arizalar 2022-yil 1-apreldan 30-iyungacha uzaytirildi.

Dastur g'olibi bilan suhbat!

Batafsil ma'lumot va hujjat topshirish

https://grantlar.uz/international-excellence-scholarship-program-ies-barcha-yonalish-va-bosqich-talabalari-uchun-germaniyada-almashinuv-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

Manba:
grantlar.uz

@Germaniyadagi_Uzbeklar
16.5K views✯sᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ✯ᵖʳᵒシ︎, 09:54
Ochish/sharhlash
2022-06-11 18:39:28
1-iyundan boshlab Germaniya atigi 9€ turadigan oylik biletlarni yo'lga qo'ydi.

Bilet Germaniya bo'ylab Avtobus, Metro, regional Poyezd, S-Bahnlardan foydalanish mumkin. Bilet faqatgina ICE, IC, EC, va toifadagi poyezdlar uchun amal qilmaydi.

Bilet Iyun, Iyul, Avgust oylari uchun amal qiladi. Jami 27€ to'laysiz!

9€ lik biletingiz bilan butun Germaniya bo'yicha bemalol yuraverasiz.

Biletni har kim sotib olishi mumkun. Work and Travel (Ferienjob) bilan Germaniyaga borganlar ham sotib olsa bo'ladi.

Siz 9 yevrolik chiptani RMV ilova orqali, shuningdek, chipta mashinalari va savdo ofislaridan osongina olishingiz mumkun.

Manba ko'rsatilishi
shart!

@Germaniyadagi_Uzbeklar
14.0K views✯sᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ✯ᵖʳᵒシ︎, edited  15:39
Ochish/sharhlash
2022-05-30 19:15:48 Qanday qilib Yevropada arzon narxlarda sayohat qilish mumkun?

1. Oldindan sayohat rejasini to'liq tuzib chiqish kerak va biletlarni ertaroq sotib olish kerak

2. Tez va arzon sayohat qilish uchun
www.ryanair.com dan ya'ni Ryan Air aviakompaniyasidan foydalanish kerak chunki bilet narxlari judaham arzon ( $ 15-40 atrofida )

3. Turar joy masalasida Hostellarda turgan maqul chunki narxlari ancha arzon va eng yaxshi hostellarni topish uchun
www.hostelworld.com dan foydalangan maqul

4. Har bir borgan davlatingizda 24 yoki 48 soatlik transport chiptasini sotib oling chunki u narsa sizda bo'lmasa har bir chiqqan transportizga ketadigon pul ancha qimmat bo'lib ketadi

5. Iloji boricha ko'chada ya'ni restoran yoki kafelarda ovqatlanmang va do'konlardan qorin to'ydiradigon va halol maxsulotlar olib yeb yursangiz qorin to'ydirish ancha arzonga tushadi

Manba: _saidakbarikramov_ Instagram sahifasidan.

@Germaniyadagi_Uzbeklar
18.3K views✯sᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ✯ᵖʳᵒシ︎, 16:15
Ochish/sharhlash
2022-05-25 19:12:59 GERMANIYA 1-iyundan boshlab mamlakatga kirishdagi barcha Covid cheklovlarini bekor qiladi.

Kirish uchun PCR testlari ham, emlash ham talab qilinmaydi.

@Germaniyadagi_Uzbeklar
17.4K views✯sᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ✯ᵖʳᵒシ︎, 16:12
Ochish/sharhlash
2022-05-25 08:16:55
Am Montag (30.05.2022) finden ab 10 Uhr im Internetcafe EVO in Samarkand onSET-Prüfungen statt. Der Spracheinstufungstest kann für die Sprachen Deutsch und Englisch abgelegt werde.

Die Prüfung kostet 150.000 UZS. Sie brauchen sich nicht für die Prüfung anmelden. Aber bitte registrieren Sie sich schon vorher auf www.onset.de und bringen Ihre Anmeldedaten und Ihren Ausweis mit zum Prüfungstermin.

Kontakt: umbachanton@gmail.com
15.3K views✯sᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ✯ᵖʳᵒシ︎, 05:16
Ochish/sharhlash
2022-05-23 13:33:46
Germaniya , Shtutgart kutubxonasi.

2011-yili Germaniya davlatining Shtutgart shahrida ajoyib, o'ziga xos bino bunyod etildi. Ushbu loyihani koreyalik arxitektor 3 yil davomida amalga oshirdi. 75 million yevro sarf etilib, 20 000 m² joyga dunyoning eng zamonaviy kutubxonasi barpo etildi.

Kutubxona yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 9:00 dan kechki 21:00 gacha ishlaydi.

Kutubxona 2013-yilda Germaniyada "Yil kutubxonasi" milliy mukofotini qo'lga kiritgan.

@Germaniyadagi_Uzbeklar
12.0K views✯sᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ✯ᵖʳᵒシ︎, 10:33
Ochish/sharhlash
2022-05-22 08:16:26
Germaniyada vaqtlar o’zgaradi.

Vaqt o'zgarishi yiliga ikki marta sodir bo'ladi - bir soat oldinda (yozgi vaqt) yoki bir soat orqada (qishki vaqt) o'rnatiladi. Odamlarni kundalik ishlarida ortiqcha bezovta qilmaslik uchun, bu kechasi sodir bo'ladi.

Soatlar qachon o’zgaradi?
Odatdagidek soat mart oyining so'nggi dam olish kunlari oldinga suriladi. Bu yil, 28 mart yakshanba kuni soat 2 da soatni bir soat oldinga surish kerak.

Yozgi vaqt: mart oyining so'nggi dam olish kunida bir soat oldinga suriladi. Demak, soat 1:59 dan keyin soat 3:00 keladi. Shuning uchun sizda uxlash uchun bir soat kamroq vaqt bor.

Qish vaqti: oktyabr oyining so'nggi dam olish kunida soat bir soat orqaga qaytarildi. Demak, soat 2:59 dan keyin soat 3:00 emas yana 2:00 keladi. Shunday qilib, siz yotoqda bir soat ko'proq qolishingiz mumkin.

@Germaniyadagi_Uzbeklar
11.1K views✯sᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ✯ᵖʳᵒシ︎, 05:16
Ochish/sharhlash
2022-05-11 15:52:47
Germaniyaning Kohem shahri. Naqadar go'zal tabiat.

Germaniya iqlimi juda toza va chiroyli mamlakatdir.

Siz ham Germaniyaga borishni hohlaysizmi?

@Germaniyadagi_Uzbeklar
15.2K views✯sᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ✯ᵖʳᵒシ︎, 12:52
Ochish/sharhlash
2022-05-10 12:15:28 Chet elni ko'rmagan inson musofir bo'lmaydi. Inson rivojlanish uchun chet davlatga borish kerak malaka oshirishi kerak. Fikrlash qobiliyati ma'naviyati o'sadi. Negativ gapiryotganlar hali maktab o'quvchisi bòlsa kerak tushunmaydi. Bitta mashina olish uchun qancha ishlaysan monopoliya.

Boshqa davlatlar Oyni, Marsni zabt etishyapti bizda esa soqol va kalta paypoq muommosi. Ota Bobolarimiz bilan maqtanamiz lekin o'zimiz umuman harakat qilmaymiz faqat Marsni zabt etayotganlarni g'iybat qilib yomonlab o'tiramiz. Ha o'laaa so'taqo'zi desada bularga.

Jasad 25 da lekin aql 12 da bòlib qolmang iltimos.

Ota onangga qara sen uchun o'zi kiymay kiydirib o'zi ichmay ichirib bolam o'qisin deb harakat qilishyapti. Ota onangni yuzidagi ajinlarga, sochidagi oqlarga qara.

Heyy bola Ota onang seni muvaffaqiyatga erishishingni kutyapti. Tezroq harakat qil!

Oldinga maqsad qo'yib o'zingga 6 oy vaqt ber rivojlanishingga va unga astoydil kirish!

Hurmat bilan: Sanjar Suyunov

@Germaniyadagi_Uzbeklar
14.7K viewsSanjar Suyunov, 09:15
Ochish/sharhlash