Get Mystery Box with random crypto!

«Davra» olmon-o‘zbek jamiyati, O‘zʙekiston Respublikasining Ge | Germany.uz

«Davra» olmon-o‘zbek jamiyati, O‘zʙekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elcixonasi, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi Frankfurt Main shahridagi bosh konsulligi hamda «Xumo» olmon-o‘zbek jamiyati hamkorligida tashkil qilayotgan Evropadagi O‘zbeklarning sakkizinchi futbol va sport bayrami 05.06.2022, Yakshanba kuni Frankfurt am Main shahrida bo‘lib o‘tadi. Barcha sport do‘stlarini ushbu bayramga taklif qilamiz! Bayram dasturxoni o‘zimizning milliy taomlar bilan bezatiladi va albatta an'anaviy qozon oshi tayorlanadi!

Bosh homiymiz: EXPRESS CARGO
Homiylarimiz: SOFIMPEX CARGO, TEZPARCEL, ANOR HOTEL

Turnirda qatnashish istagini jamoa bo‘lib 30.05.2022 gaca info@davra-ev.de adresiga jo‘natishingiz mumkin.

Qatnashish shartlari:
1. Barcha futbolchilar O’zbekiston fuqorosi yoki o’zbek millatiga mansub bo’lishi shart.
2. Jamoa tarkibi eng oz 12 kishi va eng ko’p 15 kishidan iborat bo’lishi shart
3. Har bir Jamoa: 12 o’yinchi uchun 15 EURdan quyidagi hisob raqamga o’tkazishi shart (Jamoaning 13,14, 15 chi o’yinchilari va futbol o’ynamaydiganlar ucun tekin).

Konto/Account: Davra e.V.
IBAN: DE65 8306 5408 0004 9200 74
BIC (SWIFT-Code): GENO DEF1 SLR

Adres: SV Blau-Gelb Frankfurt am Main e.V.
Am Ginnheimer Wäldchen 4, 60431 Frankfurt

O’yin tartibi:
1. Katta futbol maydoni (tabiiy maydon) ikkiga bo’linib paralel ikkitadan o’yin bo’ladi.
2. Maydonda ettitadan (7) o’yinchi o’ynaydi (Jamoa o’yinchilarining umumiy soni 15 kishidan oshmasligi kerak)
3. Biror o’yinchiga og’ir jarohat yetkazgan o’yinchi keying yil turnirda o’ynash huquqidan mahrum etiladi
4. Turnir havaskor futbolchilar turniri bo’lganligi tufayli professional futbolchilar ushbu turnirda maydonga tusha olmaydi

→ Tadbir tashkilotchisi sifatida Davra e.V. istalgan o’yinchidan Pasport kopiyasini talab qilish huquqiga ega.

t.me/germaniyadagi_ozbeklar