Get Mystery Box with random crypto!

Butun siyosat tarixi muhoraba va to‘qnashuvlardan iborat. Bu h | Geopolitical_1

Butun siyosat tarixi muhoraba va to‘qnashuvlardan iborat. Bu haqida turli rivoyatlar, afsonalar, qo‘lyozmalar va hatto shohlar tomonidan kitoblar yozilgan. Ammo, necha asrlar o‘tsa hamki, Sun Szining “Urush sanʼati” kitobi harb ilmi haqidagi eng yorqin asar bo‘lib qolmoqda. Ushbu asar miloddan avvalgi VI-V asrlarda yozilgan bo‘lsa-da, uning falsafasi bugungi kun uchun ham favqulodda dolzarb.

Quyida Sun Szining baʼzi iqtiboslaridan:

G‘alabaning eng aʼlosi yuz marta jang qilib, yuz marta g‘alaba qozonish emas, balki jang qilmasdan g‘olib bo‘lishdir.

Dushmanga tartibsizlik bo‘lib ko‘rina olish asl intizomdir. Dushmanga qo‘rqqan bo‘lib ko‘rina olish asl jasoratdir. Dushmanga zaif ko‘rina olish asl qudratdir.

Urush sanʼatida beshta omilni inobatga olish lozim: siyosat, osmon, yer, qo‘mondon va intizom.

O‘zingni va raqibingni aniqlab ol! Bu orqali doim muvaffaqiyatga erishasan!

Suvning shiddati xarsangni ham joyidan suradi.

Fursatni to‘g‘ri bilgan lochin o‘ljasini havoda changallaydi.

@geopolitic_1