Get Mystery Box with random crypto!

Shirindek go‘zal, Layli misol vafodor, Kumush yang‘lig‘ oqila | Geologiya O'zMU

Shirindek go‘zal, Layli misol vafodor, Kumush yang‘lig‘ oqila qizlar-u Otabekday ziyoli, Majnundek sadoqatda tengsiz, Anvardek o‘ktam yigitlar! Yangi yilingiz muborak boʻlsin! Alloh sizga “Avesto” umrini, “Qutadg‘u bilig” nurini ato etsin. Qadringiz “Shohnoma” misol baland , martabangiz “Xamsa” dek buyuk bo‘lsin. Navoiydek ulugʻlik, Boburdek jasorat, Nodiradek go‘zallik, Mashrabdek qalbi poklik, Yassaviydek kamtarinlik umringizni bezasin. Tanosubdek ajdodlarga loyiq boʻling, ta’did misoli yutuqlarga erishing, talmeh misol chaqnab yuring! “Daftat hoshiyangizdagi - 2023- yil bitiklari”, “Ikki eshik orasidagi” ma’nili umringizni bezasin. Mashaqqat bilan “O‘tgan kunlar”ingizning “Kecha va kunduz”i shodlik lahzalariga aylansin! Bayram muborak boʻlsin!