Get Mystery Box with random crypto!

​​ 8-sinf Geografiya (O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geogra | GEOGRAFIYA VA TA'LIM | Rasmiy kanal

​​ 8-sinf Geografiya (O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi) kursi O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning geografik o‘rni va tabiatining o‘ziga xos xususiyatlari, tabiatining o‘rganilish tarixi, siyosiy-ma‟muriy xaritasi, geologik tuzilishi va tarixi, seysmikligi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat mintaqalari va tabiiy geografik rayonlashtirilishi, geografik xarita va atlaslarning tasniflanishi, topografik xaritalar, vaqt o‘lchovi, soat mintaqalari va taqvimlar kabi masalalarni qamrab olgan.

9-sinf Geografiya (O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) kursi iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani obyekti va predmeti, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy-geografik o‘rni, m'muriy-hududiy tuzilishi, tabiiy sharoit va resurslarining aholi joylashuvi va xo‘jalikka ta'siri, aholisining soni, o'sishi, tabiiy va mexanik harakati, tarkibi va joylashuvi, Shahar va qishloq aholi punktlari, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, turizmi, tashqi iqtisodiy aloqalari, har bir iqtisodiy rayon, 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahriga kompleks tavsif kabi masalalarni qamrab olgan.

11- sinf Umumiy geografiya kursi geografiya fanlari tizimi, uning qisqacha tarixi va hozirgi kundagi rivojlanishi, Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy va sayyoraviy omillari, geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari, geotizimlar va ularning iyerarxik tuzilishi, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy bosqichlari, landshaftlarning antropogenlashuvi va ularni muhofaza qilish, dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat; urbanizatsiya va migratsiya jarayonlarining global va regional jihatlari, dunyoning geosiyosiy tizimi, uning rivojlanishi va hozirgi holati, insoniyatning global muammolari, Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika va Okeaniyaning subregionlari, Markaziy Osiyo va O'zbekistonning kompleks geografik tavsifi, O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik barqaror rivojlanishining geografik jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok