#mahalliy_grantlar Oʻzbekistonning istalgan oliygohida tahs | 🌐𝑮𝒆𝒐𝒈𝒓𝒂𝒇𝒊𝒚𝒂🌐 𝑶𝒛𝑴𝒖(𝑄𝑢𝑖𝑧)🌐
#mahalliy_grantlar
Oʻzbekistonning istalgan oliygohida tahsil olish uchun grant!
EASYBOOKING kompaniyasi Olim Xasanov xotirasiga bagʻishlab xayriya aksiyasi oʻtkazyapti va uning doirasida Oʻzbekistonning istalgan oliygohida tahsil olish uchun grant olishga arizalar qabul qilishda davom etadi.
Joriy yilda 10 nafar eng iste’dodli talabalar tanlab olinadi. Dasturda ishtirok etish uchun arizalarni 2022 yilning 31 avgustiga qadar topshirish mumkin.
Dasturning asosiy shartlari:
1. Tanlovda O‘zbekistondagi istalgan oliy o‘quv yurtida, istalgan tilda pullik to‘lov shartnomasi asosida o‘qiyotgan 1-4 kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.
2. Fond avvalgi har bir semestrda akademik fanlar bo‘yicha talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 85 foizdan ortig‘ini tashkil etishi sharti bilan oliygohdagi ta’limga qolgan barcha muddat uchun to‘lovni to‘lab beradi.
3. Ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng, Olim Xasanov nomidagi fond mazkur dastur ishtirokchilarini EASYBOOKING kompaniyasi jamoasiga ishga qabul qilinishini kafolatlaydi.
Dastur shartlari va barcha savollarga javoblar bu yerda Respublikayosholimlar_uz
Do'stlaringizga ham ulashing: Bizdan uzoqlashmang: #UzMU_Yoshlarittifoqi @UzMU_Yoshlar
⚠️︎Geografiya O'zMu kanaliga xush kelibsiz. ⚠️︎Geografiyadan eng ommabop testlar kanali. ⚠️︎Testlarimiz hamma uchun . . Muhokama uchun guruh👉🏻 @geografiya_ajoyib. Murojaat uchu...