Get Mystery Box with random crypto!

888-Ishtirokchi Sher_tanlovi Dunyoga mehmon-kan inson Bir | .

888-Ishtirokchi
Sher_tanlovi

Dunyoga mehmon-kan inson

Bir kun qanchalar ótish qiyin
Tezroq umr ótsin desang
Vaqti kelib topolmay ólsang
Bu dunyoga bir marta kelsang

Azoblarga tayyor tursang
Hayot uchun bir tog' bólsang
Dunyo senga bir bog' bilsang
Bu dunyoga bir marta kelsang

Sinovlarin senga yóllasa
Taqdir seni dengizga chóktirsa
Barchasi ótkinchi bilsang
Bu dunyoga bir marta kelsang

Izlab dóst topolmasang
Chin dóst senga bólolmasa
Hamma senga dóst kórinar bilsang
Bu dunyoga bir marta kelsang

Sevganing ham tashlab ketar
Gar qólingdan ketsa boylik
Chin boylik hayotda borliging bilsang
Bu dunyoga bir marta kelsang

Bu dunyo bir kitobdur anglasang
Kimdur unda shoh yo gadodur
Qadringga yetmasa biron kimsa
Bu dunyoga bir marta kelsang

Navoiy viloyati Xatirchi tumani Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Xoliqulov Davron

Kanalga aʼzo boʻling

@Vobkent_Talim_taraqqiyoti