Get Mystery Box with random crypto!

Genetika

Telegram kanalining logotibi genetika — Genetika G
Telegram kanalining logotibi genetika — Genetika
Kanal manzili: @genetika
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.08K
Kanalning ta’rifi

Kanal yaratilgan sana:
19-avgust-2017-yil
Kanal ma'muriyati
Creator: @BunyodbekGofurov
✅Reklama xizmati : @BioFactor❕
@BiologiyaMedical
@genetika_masalalar_yechimi
@KimyogarUZ
@BiologUZ
Maqsadimiz:
Bilim, bilim va yana bilim !

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2020-08-20 13:41:31 DNK va oqsil biosintezi.


Oqsil, Uglevod, Nuklein kislota biopolimerlar. YOG’LAR esa biomolekula hisoblanadi. Oqsil monomerlari – aminokislotalar. Nuklein kislotalar monomeri – nukleotidlar hisoblanadi.

Hujayrda tuzilishi, vazifasi va yana bir qancha xususiyatlari bilan farq qiluvchi 2 xil nuklein kislota dezoksiriboza (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) uchraydi.

DNK va RNK nukleotidlardan tuzilgan. Har bir nukleotid azot asosi (Purin asosi - ADENIN, GUANIN: Pirimidin asosi - TIMIN, SITOZIN, URATSIL), monosaxarid (dezoksiriboza, riboza) va fosfat kislota qoldig’idan tashkil topgan.

Dezoksiriboza va Riboza pentozalar guruhiga kiradi. Ularning tarkibida 5 tadan C (uglerod) atomi bo’ladi. Dezoksiriboza tarkibida 1 atom O (kislorod) yetishmasligi bilan ribozadan farq qiladi.

DNK nechta nukleotiddan iborat bo’lsa, shuncha dezoksiriboza (pentoza) bo’ladi.

Nukleotidlarning molekulyar massasi shartli ravishda 330 D (Dalton). Orasidagi masofa 0,34 nm yoki 3,4 A (Angstrem) ga teng.

DNK – 2 ta zanjirli bo’lgani uchun orasida vodorod bog’lari mavjud bo’lib, ular doimo komplementar sherik nukleotidlar A - T orasida 2 ta hamda G - S orasida 3 ta bo’ladi.

DNK ning RNK dan farqli tomoni – molekulyar massasi katta, 2 ta zanjirdan iborat, purin asoslaridan A, G; pirimidin asoslaridan S, T uchraydi. RNK da esa T uchramaydi.

DNK da Purin va Pirimidin asoslari vodorod bog’lar orqali, Purin asoslari o’zaro yoki Pirimidin asoslari o’zaro – fosfodiefir bog’lar yordamida birikkan.

DNK da nechta nukleotid bo’lsa fosfodiefir bog’ 2 ta kam bo’ladi. RNK da esa 1 taga kam bo’ladi.

Vodorod va fosfodiefir bog’lar DNK dagi kimyoviy bog’lar hisoblanadi.

RNK dan DNK sintezlanishi teskari transkripsiya; DNK ning 1 znjiridan RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) lar sintezlanish jarayoni transkripsiya – ko’chirib yozish deb ataladi. Bu jarayon ham qat’iy komplementarlik asosida kechadi.

Hujayradagi eng asosiy assimilatsion jarayonlardan biri oqsil biosintezi hisoblanadi, bu jarayon asosan sitoplazmada, ribosomalarda kechadi.

Sintezlangan oqsil haqidagi irsiy axborot asosan yadroda, DNK da nukleotidlar ketma-ketligda yozilgan bo’lib, ular asosan dastlab RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) sintezlab olinadi. i-RNK da 4 xil nukleotid yordamida kodlangan irsiy axborot har nukleotidlar uchligida (triplet) aminokislotalar sinteziga sabab bo’ladi. Har bir aminokislotaning 4 xil nukleotid yordamida 3 ta nukleotid ketma-ketligida ifodalanib kelishiga genetik kod deyiladi.

Jami kodlar soni 64 ta bo’lib, 20 xil aminokislotalardan ikkitasini kodi 1 tadan. Qolgan 18 tasini kodi 2, 3, 4, 6 tadan bo’lishi mumkin. 5 ta kodonga ega bo’lgan aminokislota uchramaydi.
1. Metionin va triptofan - 1 ta;
2. Fenilalanin, tirozin, gistidin, glitsin, lizin, sistein, serin - 2 ta;
3. Izoleysin - 3 ta;
4. Valin, serin, prolin, treonin, alanin, asparagin - 4 ta;
5. Leysin, glutamin, arginin - 6 ta; 6. Qolgani terminatorlar - 3 ta; ular polipeptid zanjir sintezi tugallanganini bildiradi.

Jami 64 ga teng.

Har qanday oqsil molekulasi – metionin aminokislotasidan boshlanadi.

1 ta aminokislotani 1 ta kodon (3 ta nukleotid) kodlaydi. 1 ta aminokislotani massasi 120 D (Dalton). Har bir aminokislota o’zaro peptid bog’lar yordamida bog’lanib turadi. Peptid bog’ aminokislota sonidan 1 taga kam bo’ladi


@Genetika - biz bilan GENETIKA yanada oson. Bizning kanaldan uzoqlashmang.
Maqsadimiz: Bilim, bilim va yana bilim !!!

https://t.me/Genetika

https://t.me/Genetika_masalalar_yechimi
3.2K viewsedited  10:41
Ochish/sharhlash