Get Mystery Box with random crypto!

Tipirchilama! Rizqing 121 kunlik bo'lganingda bitib qo'yilgan | TECH, WEB, CS, IT - Blog🦦

Tipirchilama!

Rizqing 121 kunlik bo'lganingda bitib qo'yilgan. ChatGPT, Copilot'lar chiqib seni rizqingni tortib ololmaydi, chunki rizq ularni qo'lida emas. Rizqingni kelish yo'li o'zgarishi mumkun xolos. Misol uchun, hozir frontend dastruchisi bo'lsang, 5 yildan keyin balki AI dasturchisi bo'lib ketarsan, balki umuman yangi kasb egasi bo'larsan. Taqdiringga bitilgan mayda guruch ham og'zingga yetib boradi. Hohlasang ishon, hohlamasang yo'q. Ishonmasang, tipirchilayverasan, hayotingdagi halovatni yo'qotasan. Kelajakdan havotirlanma. Buguningni ga'nimat bil, bugun sendan talab qilingan, seni yelkangdagi ishlarni bajar, zamondan orqada qolib ketma, o'z ustingda ishla, mehnatni qil, natijani albatta ko'rasan.

Bayt:

Moziyu mustaqbalingdan urma dam,
Dam bu damdur, dam bu damdur, dam bu dam


Manba