Get Mystery Box with random crypto!

Boolean degan so'zni tushunmaydigan dasturchi yo'q. Bugun, bu | TECH, WEB, CS, IT - Blog🦦

Boolean degan so'zni tushunmaydigan dasturchi yo'q. Bugun, bu so'z qayerdan kelib chiqqanligi haqida qiziq maqola o'qib qoldim.

Maqolaga ko'ra, George Boole ismli matematik boolean algebrasini kashf etgan, undan so'ng bir necha yillar o'tib, kompyuter sxemalarini loyihalash uchun muhandislar shu olimning metodidan foydalanishlariga to'g'ri kelgan. Bir kun kelib, raqamli dunyodagi barcha narsa, rasmlar, matn va hokazolar, aslida 0 va 1 orqali, ya'ni George Boole metodi asosida ishlashi mumkunligini Boole yetti uxlab tushida ham bilmagan!