Get Mystery Box with random crypto!

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalardan biriga ayt | Imom G‘azzoliy hikmatlari ✍🏻

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalardan biriga aytgan ekanlar: «Ey  falonchi, ko‘p uxlama, Alloh ko‘p uxlovchi kishini qiyomat kunida kambag‘al qiladi».

Ey farzand, kechalari tahajjud namozlaringni o‘qish Alloh taolo tomonidan buyurilgan. Yana Alloh tong saharda turib mag‘firat talab qiluvchi mo‘minlarni madh etadi. Bu boradagi oyatlar bizlarga shuni qilmoqni buyuradi. Sahar turib ibodat qilish — Allohning zikri. Muhammad alayhissalom aytdilar: «Alloh taolo uch ovozni do‘st tutadi:

birinchisi — sahar mardondagi xo‘rozning ovozi, u  odamlarini namozga uyg‘otadi;

ikkinchisi — Qur’on tilovat qilgan kishining ovozi; 

uchinchisi — saharlarda turib mag‘firat tilovchilarning ovozi»


Imom G'azzoliy

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Boshlagan kuningiz xayrli va barokatli bo'lsin In Shaa Alloh dindoshlarim.


G‘azzoliy hikmatlari – @gazzoliy_ijodi