Get Mystery Box with random crypto!

G'OZG'ON SHAHRI HOKIMI A.D.BAZAROVNING DAVLAT MUSTAQILLIGINING | GAZGAN.UZ | G'OZG'ON SHAHAR HOKIMLIGI

G'OZG'ON SHAHRI HOKIMI A.D.BAZAROVNING DAVLAT MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TABRIGI

Aziz va Qadrli G'ozg'on ahli!

Sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka va farovonlik tilayman. Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor bo‘lsin!

El-aziz, Inson-aziz bo'lgan O'zbekistonimizda Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!

*
Batafsil

G'ozg'on shahri hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish -
https://t.me/gazgan_uz_official

Facebook | Instagram | YouTube | Web-site