Get Mystery Box with random crypto!

#xalq_bilan_yuzma_yuz SHAHAR HOKIMI AHOLI BILAN YUZMA-YUZ MU | GAZGAN.UZ | G'OZG'ON SHAHAR HOKIMLIGI

#xalq_bilan_yuzma_yuz

SHAHAR HOKIMI AHOLI BILAN YUZMA-YUZ MULOQOT QILDI

Bugun G'ozg'on shahrining "Marmarobod" mahalla fuqarolari yig'inida shahar hokimi A.Bazarov hamda shahar ichki ishlar bo'limi boshligʻi ishtirokidagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Sayyor qabulda shahardagi sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar mas'ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi.
Fuqarolar tomonidan kelib tushgan 20 dan ortiq murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, fuqarolarga amaliy ko'maklashildi.

Murojaatlarning aksariyatini bank kreditlari ajratish, davlat tomonidan subsidiya mablag'lari asosidagi tikuv mashinalari kabi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o'z ichiga oldi.

Murojaat qilgan fuqarolarning har bir murojaati nazoratga olindi va ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha  shahar sektor rahbarlariga, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

G'ozg'on shahri hokimligi Axborot xizmati

Facebook | Instagram | YouTube | Web-site