Get Mystery Box with random crypto!

Nogoh salqin keldi avgust so'ngida, Yomg'ir yog'ib o'tdi bugun | Ффф

Nogoh salqin keldi avgust so'ngida,
Yomg'ir yog'ib o'tdi bugun ertalab.
Ertalab - sabrning ko'zi o'ngida,
Men sening ismingni aytdim erkalab.

Nogoh o'zgarish etdimi ta'sir,
Yo salqin xotirang yetdi - bilmadim:
Ko'nglimni ertalab etmadim tahrir -
Erkalab ismingni aytdim.
Yig'ladim.

Tushindim - taqdiring ishin yuritgan,
Beyurak royishlar haqlidir, haqli.
O'yladim: - Albatta, meni unitgan,
Albatta baxtlidir!
Albatta baxtli!

Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo'lgan.
Umrdan necha kun qoldi?
Bilmadim.
Sensiz o'lmog'imga qismatim ko'ngan...
Baribir yig'ladim.

Usmon Azim
@gayratovnablog