Get Mystery Box with random crypto!

​​​​GASTRONOMIK TERMINLAR ELEKTRON LUG'ATI YARATILDI O'zbeki | O'zbekiston Gastronomik Turizmi Assotsiatsiyasi

​​​​GASTRONOMIK TERMINLAR ELEKTRON LUG'ATI YARATILDI

O'zbekiston gastronomik turizmi assotsiatsiyasi tomonidan yurtimiz gastronomik turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida gastronomik terminlarning elektron lug'ati yaratildi. Lug'at 3 tilli bo'lib, undan o'zbek, rus, ingliz tillarida gastronomik terminlar, taom tayyorlash jarayoni va bosqichlarini ifodalaydigan so'z birikmalari va ularning tarjimasi o'rin olgan. Ushbu lug'at nafaqat yurtimizda restoran va umumiy ovqatlanish tizimida faoliyat yuritayotgan tabdirkorlar uchun, balki mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun ham qulaylik yaratadi. Elektron lug'at yordamida taomnomalarni bemalol tarjima qilish, taom tarkibi, uning tayyorlanish jarayoni haqida mijozlarga batafsil ma'lumot berish mumkin. Sayyohlar ham xuddi shu maqsadda lug'atdan foydalanishlari mumkin. Lug'at Intellektual mulk agentligida ro'yxatdan o'tkazilgan. U foydalanuvchilar uchun juda qulay va oson platformada yaratilgan bo'lib, elektron luğat ilovasi Play market tarmog'iga joylangan. Ilovani ushbu havola orqali bepul yuklab olishingiz mumkin.