Get Mystery Box with random crypto!

Galaxy Books

Telegram kanalining logotibi gaalaxybooks — Galaxy Books G
Telegram kanalining logotibi gaalaxybooks — Galaxy Books
Kanal manzili: @gaalaxybooks
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 28

2022-11-18 22:27:02
Қуръони Каримни 2400 марта хатм қилган аллома

Доктор
Усома Абдул Азим Азҳар университетининг етук уламоларидан бўлиб, усул-ул фиқҳ бўйича забардаст мутахассислардан ҳисобланади.

У киши замонамиздаги ноёб қобилият эгаси бўлган улуғ зотлардандир. Бир умр илмга ўзларини бағишлаб, бу йўлда вафот этдилар. У кишини яқиндан билган ҳар бир инсон, у зотдан кўп таъсирланганини эътироф этади.

Шайх ҳазратлари ибодат, илм, зуҳд, тақво, мақсадларнинг аниқлиги, ҳимматнинг баландлиги борасида ноёб намуна эдилар.

Давоми: https://islom.uz/maqola/19825

@islomuz
15 views19:27
Ochish/sharhlash
2022-11-18 21:01:39 Asarni diniy tomondan tahlil qilma, badiiy jihatdan, dunyoviy jihatdan tahlil qil deyishyapti...

Yo odamlar boshqacha yoki men. Qanday qilib men ongimni dunyoviy va diniy qilib qutblarga ajratib qarashim mumkin. Bu goʻyoki ikki niqobni alishtirib taqishdek gap.

Ong, fikrlash bir butun narsa hech qachon diniy, dunyoviyga boʻlinmaydi.

Men biror bemani, qadryatimizga toʻgʻri kelmaydigan narsaga duch keldimmi meni xulosam doim bitta! Qadriyatimga toʻgʻri kelmaydi. Hech qachon men uni diniy jihatdan unaqa, dunyoviy jihatdan bunaqa deb boʻlolmayman.

Bu ikkiyuzlamachilik, bu niqob bilan qarash.

Insonning odobi, dini, dunyosi, iymoni, xullas hamma-hammasi bir butun boʻlib filtr vazifasini bajaradi, shu filtrdan oʻtib fikr paydo boʻladi.

Asar ochiq boʻyoqlar bilan yozilgan boʻlsa, shu haqida salbiy fikr bildirilsa, asarni badiiy jihatdan tahlil qil. Adabiyotchi yoki adabiy tanidchi sifatida deyishadi. Shunda din, qadriyat, iymon, islom degan narsalarni oʻchirib turish kerakmi?!
17 viewsedited  18:01
Ochish/sharhlash
2022-11-17 21:51:09
#bugunning_jumlasi

Bilasizmi, hammasi ham biz oʻylagan kabi ideal boʻlmaydi.
Odamlar...
Shaharlar...
Biz oʻqiyotgan kitoblar...

@Ochopat_book
16 views18:51
Ochish/sharhlash
2022-11-17 06:40:13 ​​Shayx Muhammad Xoyr Sha'olning "Islomda yoshlar tarbiyasi" kitobi

Tarjimonlar:
G‘iyosiddin Habibulloh
Farrux Abdulkarim

Doktor Muhammad Xoyr ibn Muhiyddin Shaol 1970-yilda Suriyaning Damashq shahrida tavallud topgan. 1992-yilda stamatologiya fakultetini, 1999-yilda Ummu Darmon Islom unversitetining usulud-din fakultetini hadis va sunnatga oid ilmlar yo'nalishi bo'yicha tamomlagan. 2002-yilda shu yo'nalishda magistrlik, keyinroq 2009-yilda doktorlik ilmiy darajasiga erishgan.

Hadis va islomiy tarbiya imlarini shayx Nuriddin Itr, shayx Ahmad Kuftoru kabi zabardast ustozlari qo‘lida ta'lim oladi. 2000–2011-yillarda Damashqdagi Islom unversitetida, keyinchalik shar'iy va arab tiliga oid ilmlarga ixtisoslashgan insitutda saboq beradi.

Bugungi kunda Damashqdagi "Anas ibn Molik" jome masjidida mav'iza qilib keladi.

Avvalo ushbu yoshlar uchun mo'jallangan kitobni tarjima qilgan tarjimonlarimiz va "Hilol-nashr" nashriyotiga minnatdorchiligimni bildiraman.

Bu kitobdan barcha yoshlar (kitobda yoshlar deganda balog'atga yetganlardan va 35–40 yoshdagi insonlargacha tushunilishi haqida yozilib o'tilgan) hayoti hozirgi kun nafasi bilan yoritilgan, tili sodda tushunarli qilib yozilgan, albatta, bunda tarjimonlarimizning ham hissasi katta. Kitobda yoshlar va kasb-hunar masalasi, yoshlar va ilm, yoshlar va iffat, yoshlar va ota-onaga yaxshilik qilish, yoshlar va muhabbat, yoshlar va Alloh taolloga bog'lanish, yoshlar va vaqt, yoshlar va oila qurish kabi dolzarb masalalar yoritib berilgan.

Kitob haqida fikr bildirishni o'zimga lozim topmadim, albatta, diniyim ilmim hali yetarli ham emas. shunga kitobda ba'zi ibratli jumlalar, hadislarni quyida yozib qoldiraman.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qiyomat kuni Odam bolasi beshta narsa haqida: umrini qanday o'tkazgani, yoshligini nimaga sarflagani, molini qayerdan topib, qayerga sarflagani hamda bilgan narsasiga qanchalik amal qilgani haqida so'ralmagunicha oyog'i Robbining huzuridan siljimaydi", – dedlar (Termiziy rivoyat).

Har bir yosh yigit-qiz oʻz hayotida, ilm yoʻlida muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur boʻlgan besh narsani eslatib oʻtmoqchimiz:
1. Shariat koʻrsatmalariga rioya qilish;
2. Nafsni jilovlash;
3. Tafakkur qilish;
4. Sabr-matonatli boʻlish;
5. Toʻgʻri qaror qilish.

Ilm uch turli boʻladi:
1. Alloh haqidagi ilm;
2. Allohning amr va nahiylarini bilish ilmi;
3. Alloh taolo yaratgan mavjudotlarni bilish ilmi.

...Inson har qancha dunyoviy ilmlarni oʻrganmasin, shariat ilmlaridan uzoq boʻlsa, oʻrgangan ilmini yaxshilik yoʻlida qoʻllay olmaydi.

Barcha gunohlarning avvali nazar,
Gunohni kichik sanash – bu ulkan xatar!
Qalbda kamon oʻqi qila olmaganishni
Bitta nazar qilmogʻiga ham yetar!

@GaalaxyBooks
26 views03:40
Ochish/sharhlash
2022-11-17 02:43:18 Alloh taolo qalbiy hissiyot boʻlmish muhabbat uchun bandani jazolamaydi. U zot insonni ixtiyoriy ravishda qilgan amallari uchun hisob qiladi.

Shayx Muhammad Xoyr Shaʼol
24 views23:43
Ochish/sharhlash
2022-11-17 02:13:20 "Odamlar ichida Allohga birovlarni tenglashtiradigan va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor. Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari esa kuchlidir".

(Baqara surasi, 165-oyat)
23 views23:13
Ochish/sharhlash
2022-11-17 01:29:41 Barcha gunohlarning avvali nazar,
Gunohni kichik sanash – bu ulkan xatar!
Qalbda kamon oʻqi qila olmaganishni
Bitta nazar qilmogʻiga ham yetar!

Shayx Muhammad Xoyr Shaʼol
22 views22:29
Ochish/sharhlash
2022-11-17 00:21:34 Ilm uch turli boʻladi:
1. Alloh haqidagi ilm;
2. Allohning amr va nahiylarini bilish ilmi;
3. Alloh taolo yaratgan mavjudotlarni bilish ilmi.

...Inson har qancha dunyoviy ilmlarni oʻrganmasin, shariat ilmlaridan uzoq boʻlsa, oʻrgangan ilmini yaxshilik yoʻlida qoʻllay olmaydi.

Shayx Muhammad Xoyr Shaʼol
22 views21:21
Ochish/sharhlash
2022-11-16 23:13:10 ​​«Мусулмонларнинг Андалусиясидан бизга 30 та китоб қолди. Ўша китобларни ўқиб, атомни парчалашга эришдик.

Агар биз ёқиб юборган ана ўша буюк Ислом цивилизациясига тегишли ярим миллион китоблар ҳам қолганида нима бўларди?

Дарҳақиқат, агар ўша китобларни ёқиб юбормаганимизда, ҳозир фазодаги галактикалар орасида сайр қилиб юрган бўлардик».

Пьер Кюри,
Нобель мукофоти соҳиби, физик олим

Андалусия Испаниянинг жанубий соҳилидаги йирик ҳудуд бўлиб, 8—15-асрларда мусулмонлар ҳукумронлиги остида бўлган.

Андалусияда гўзал шаҳарлар, муҳташам масжид ва қасрлар барпо этилган, ҳунармандчилик ривожланган. Андалусиядан донғи дунёга кетган Имом Қуртубий, Ибн Арабий, Ибн Ҳазм, Ибн Рушд, Абу Ҳаййон, Ибн Атиййа каби олимлар етишиб чиққан. Андалусияда исломий китобларнинг улкан хазиналари жамланган, исломий билимлар юксак даражада ривожланган эди.

Бу ерда барпо этилган ва Ислом меъморлигининг шоҳ асарлари саналган Аз-Заҳро, Ал-Ҳамро каби муҳташам ва фусункор қасрларни ҳалигача бирор миллат ёки давлат қура олгани йўқ.

Telegram I Instagram I Facebook I TikTok I YouTube
22 views20:13
Ochish/sharhlash
2022-11-12 13:56:16
Профилни қандай юритиш керак
14 views10:56
Ochish/sharhlash