Get Mystery Box with random crypto!

Manchester is red “Yunayted” butun mavsumni o‘z o‘yinini qid | FUTGOL

Manchester is red

“Yunayted” butun mavsumni o‘z o‘yinini qidirish va lazaretdagilarni kutish bilan o‘tkazib yuborgani ham, “Siti”ning o‘yini ham o‘tgan mavsumdagidan ko‘ra pasaygani-da fakt. Lekin o‘zaro o‘yinlarda shu faktlar ortga surilishi zo‘r. Hammasi maydonda hal bo‘ldi. G‘oliblar muhokama qilinmaydi.

Manchesterning rangi o‘zgarib turishi kerak. Faqat bu jamoa muxlislari uchun emas. Futbol uchun ham. Bugungi natijadan nafaqat “Yunayted”, balki futbol ham yutdi.

@futgol_uz