Get Mystery Box with random crypto!

Kutilmagan, lekin tezkor gollar. Yuqori temp, taktikalar to‘qn | FUTGOL

Kutilmagan, lekin tezkor gollar. Yuqori temp, taktikalar to‘qnashuvi. Xullas, o‘rtoqlar: finalni chorak finalda ko‘ryapmiz

“Real” sovg‘a berdi va o‘zi ham qandaydir 2 daqiqa ichida o‘z hadyasini ortig‘i bilan qaytarib oldi.

O‘yindan oldin ishonchli nashrlar Rodrigoning Vinisius bilan yonma-yon o‘ynashini yozdi. Anchelottining ustunligi ham shundadir — u nima qilishini, nima qilmoqchiligini yashirmaydi. Hammasi oddiy, lekin uni buzib, to‘xtatish oson emas.

Asosiy xavf Rodrigo—Vinisius qanotidan, ikkinchi gol bunga isbot. Lekin Madridning birinchi javob goli o‘ng qanotdan rivojlandi.

Gvardiolaning rejalari esa hozircha birinchi bo‘limda ishlagani yo‘q. Ijodkorlik ko‘rsatishi kerak bo‘lgan, Foden yopib qo‘yildi. Rodrini esa Kroos qanday zararsizlantirganini ko‘rdingiz. Pep ikkinchi bo‘limni o‘zgarishlar bilan boshlashi aniq, kamida taktik.

Go‘zal o‘yin — faqat ko‘rish kerak!

@futgol_uz