Get Mystery Box with random crypto!

Asil aynimas Shu ibora Ronalduga so‘zsiz mos keladi. Ha, hozi | FUTGOL

Asil aynimas

Shu ibora Ronalduga so‘zsiz mos keladi. Ha, hozir u kuchsizroq chempionatda. Biroq o‘zi ham kuchdan qolayotganini sezib vaqtida joyni o‘zgartirgani baribir katta gap. Mayli, u faqat pulni maqsad qilgan bo‘lsa-da. Aslida hozir hammaning maqsadi pul va yaxshiroq yashash. Ronaldu esa hozir hammasini uddalayapti. Gol uryapti, assist beryapti — asosiysi maza qilib yashayapti.

“An-Nassr” safida Saudiya ligasida Ronaldu joriy mavsum to‘purar bo‘lib turibdi: 23 ta gol bilan. Gol+pas tizimida esa naq 32 ochkosi bor.

Saudiya klubidagi umumiy statistikasi ham shunchaki ajoyib: 58 ta o‘yinda 50 ta gol va 13 ta assist.

@futgol_uz