Get Mystery Box with random crypto!

​“Yuventus” Ronalduga narx belgiladi, biroq “Man Siti” unga pu | FUTGOL

“Yuventus” Ronalduga narx belgiladi, biroq “Man Siti” unga pul sarflamoqchi emas

Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh “Man Siti” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Ayni vaqtda transferni amalga oshirish masalasi qiyinligicha qolmoqda, deya xabar qilmoqda Janluka di Marsio.

Turinliklar Ronalduni 25—30 mln yevroga sotmoqchi. “Shaharliklar” esa transferga pul sarflash niyatida emas. Bundan tashqari “Siti” portugaliyalik futbolchini sotib olishi uchun Rahim Sterlingni sotishiga toʻgʻri keladi.

Shuningdek, Gabriel Jezusni muzokaralarga qoʻshish varianti ham bor, ammo ingliz klubi ustozi Pep Gvardiola braziliyalik futbolchini qoʻyib yuborishni istamayapti.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!