Get Mystery Box with random crypto!

​“Tottenhem” — “Man Siti” uchrashuviga oid statistika va faktl | FUTGOL

“Tottenhem” — “Man Siti” uchrashuviga oid statistika va faktlar

Pep Gvardiola qoʻl ostidagi “Man Siti” ilk bor ketma-ket uch oʻyinda (barcha turnirlarda) gol ura olmadi. Bunaqasi “shaharliklar” bilan soʻnggi bor 2016-yilning martida sodir boʻlgandi;

Premyer Liga 2021/22-yilgi mavsumining 1-turida 34 ta gol urildi. Faqat 2003/04-yilgi mavsumning dastlabki turida bundan yuqori natija (36) qayd etilgandi;

“Man Siti” 2007-yildan beri ilk bor birorta ham gol urmasdan ketma-ket uchta oʻyinda magʻlubiyatga uchradi;

Pep Gvardiola qoʻl ostidagi “Man Siti” safarda “Tottenhem”ga 5-marta yutqazdi. Bu kataloniyalik mutaxassis uchun eng yomon natija;

Nunu Eshpiritu Santu APL doirasida Gvardiolaning “Man Siti”ni uchinchi marta magʻlubiyatga uchratdi. Bunga qadar Klopp, Sulsher va Mourinyo ushbu natijaga erisha olgandi;

APL tarixida uchinchi marta amaldagi chempion mavsumni magʻlubiyat bilan boshladi. Avvalroq “Lester” (2016/17) va “Chelsi”da (2017/18) shunday boʻlgandi;

Son Hyon Min Gvardiolaning “Man Siti”siga 7-golini urdi, faqat Jeymi Vardi (9) undan oldinda;

APL tarixida faqat bir jamoa mavsumning birinchi oʻyinini boy berib, yakunda chempion boʻlgan. “Man Yunayted” bu ishni uch bor amalga oshirgan (1992/93, 1995/96, 2012/13).

@FutGol_UZ — Faqat futbol!