Get Mystery Box with random crypto!

​Temmi Abraham “Roma” bilan shartnoma imzolash uchun Rimga yet | FUTGOL

Temmi Abraham “Roma” bilan shartnoma imzolash uchun Rimga yetib keldi

Fabrisio Romanoga koʻra, angliyalik futbolchi 15-avgust kuni Rimga yetib kelgan. U tibbiy koʻrikdan oʻtadi va “Roma” bilan shartnoma imzolaydi.

Kelishuv 2026-yilning yoziga qadar moʻljallangan boʻlib, futbolchi yiliga 4—5 million yevro maosh oladi.

“Roma” Abraham uchun “Chelsi”ga 40 mln yevro toʻlaydi, shuningdek, 5 mln yevro bonus ham nazarda tutilgan. 2023-yildan boshlab, londonliklarda futbolchini 80 mln yevroga sotib olish imkoniyati boʻladi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!