Get Mystery Box with random crypto!

​ APLda oktabr oyidan stadionlarga faqat emlangan muxlislar ki | FUTGOL

APLda oktabr oyidan stadionlarga faqat emlangan muxlislar kiritiladi

Buyuk Britaniya hukumati muxlislarni stadionlarga qaytarish rejasi ustida ishlamoqda. Oktabr oyidan boshlab APL va boshqa tadbirlarda stadionlarga 20 mingdan ortiq tomoshabin kiritishga ruxsat etilishi kutilmoqda. Biroq kirishni istaganlar vaksinatsiyadan oʻtgan boʻlishi kerak, deya xabar qilmoqda Daily Mail.

Hozirda muhokamalar boshlangʻich bosqichda. Tomonlar vaksinaning ikkinchi dozasini olmagan muxlislarga nisbatan qanday chora koʻrishni oʻylab koʻradi.

Ushbu amaliyot Angliyaning quyi divizionlari va boshqa sport turlariga ham tatbiq etilishi mumkin.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!