Get Mystery Box with random crypto!

​ Eldor Shomurodov bu yozda “Jenoa”dan ketmaydi. Murabbiy uni | FUTGOL

Eldor Shomurodov bu yozda “Jenoa”dan ketmaydi. Murabbiy uni sotishni taqiqladi

Oʻzbekistonlik hujumchining bu yozda genuyaliklar safini tark etishi ehtimoli deyarli yoʻqqa chiqdi. Jamoa bosh murabbiyi Davide Ballardini 26 yoshli oʻyinchining transferga qoʻyilishiga qarshi chiqqan. Genuyaliklar Shomurodov bilan juftlikda oʻynaydigan hujumchi qidirishni boshlagan.

Shomurodov ham murabbiyning ushbu pozitsiyasiga qarshi emas va boshqa klubga oʻtish niyati yoʻq. Avvalroq Eldor oilasini Genuyaga olib kelgandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!