Get Mystery Box with random crypto!

FIFA rasmiy sayti fevral oyida topshiriladigan “The Best” sovr | 🇺🇿FUTBOL TV | RASMIY⚽️

FIFA rasmiy sayti fevral oyida topshiriladigan “The Best” sovriniga daʼvogar darvozabonlar roʻyxatini eʼlon qildi

FIFA yilning eng yaxshi darvozaboni sovrini sovrini uchun daʼvogarlar roʻyxatiga Alisson (“Liverpul”, Braziliya), Yassin Bunu (“Sevilya”, Marokash), Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya), Dominik Livakovich (“Dinamo” Zagreb, Xorvatiya), Mayk Menyan (“Milan”, Fransiya), Emiliano Martines (“Aston Villa”, Argentina) va Manuel Noyer (“Bavariya”, Germaniya) singari nomzodlarni qoʻshgan.

2022-yilda ushbu sovrin “Chelsi” va Senegal milliy jamoasi darvozaboni Eduar Mendiga nasib qilgandi.

Maʼlumot uchun, FIFAning taqdirlash marosimi 2023-yilning 27-fevral kuni boʻlib oʻtadi. Gʻoliblarni aniqlashda 2021-yilning 8-avgustidan 2022-yilning 18-dekabrga qadar oʻtkazilgan turnirlar inobatga olinadi.

@FUTBOL90_TV