Get Mystery Box with random crypto!

“Real” kuchaydi... Ha, Madrid yana kuchaydi, bu safar jamoa h | FUTBOL TRANSFERLARI ⚽️

“Real” kuchaydi...

Ha, Madrid yana kuchaydi, bu safar jamoa himoyasi. Antonio Ryudiger “Real” bilan 2026-yilgacha mo‘ljallangan 4 yillik bitim imzoladi.

“Roma”da kuchayib, “Chelsi”da yaxshigina sayqallangan Antonio faoliyatidagi cho‘qqini Madridda o‘tkazishga qaror qilibdi.

“Qirollik klubi” mana ikki mavsumdirki, top darajadagi himoyachini tekinga qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsum avvalida Alaba tekinga olib kelingandi, bu safar esa Ryudiger. Florentino Peres janoblari hujumni kuchaytirish borasida biroz omadsizlikka uchrayotgan bo‘lsa ham, bu “aybi”ni himoya bilan yopishga harakat qilayotgandek. Har holda Alaba bilan hammasi o‘xshadi. Ryudiger bilan nima bo‘lishini esa yangi mavsumda bilib olamiz.

Ha aytgancha, soqqa mavzusiga to‘xtalmasak bo‘lmas. Ryudiger yangi klubida soliqlar chiqarib tashlansa, 9-10 mln yevro atrofida yillik maosh oladi. Yomon emas-a!

@FUTBOL_TRANSFERLARI

Eng soʻngi transfer yangiliklar
https://t.me/+hTzjxcdV1uZjOTRh