Get Mystery Box with random crypto!

​Angliyada yana bir sher uyg‘ondi Mavsum startidagi qaqshatqi | Fufbol Time

Angliyada yana bir sher uyg‘ondi

Mavsum startidagi qaqshatqich mag‘lubiyatlardan keyin transferlarga zo‘r bergan “Manchester Yunayted” natija qayd etishni boshladi. “Liverpul”ga qarshi o‘yinni tasodif sanaganlar, bu bahsdan keyin tan bermasdan iloji yo‘q.

Ten Hag jamoasi peshqadamga qarshi o‘yinni deyarli o‘z nazoratida ushlab turdi. Nihoyat, jamoada biz kutgan mexanizm ishlayapti: markaziy himoya o‘ziga kelgan, Fernandesh va Eriksen boshlagan hujumlar xavfli tus olmoqda, Kazemiro kelgach, Maktomineyning o‘yini ochilib ketdi. Umuman, deyarli barcha futbolchining o‘yinida siljish va o‘sish bor, Maguayrdan boshqa).

Xullas, so‘nggi o‘yinlardan xulosa chiqarsak “Manchester Yunayted” avvalgi salobatiga qaytayotgandek. Ronaldu ham formaga kirib olsa, bu jamoa qo‘rqinchli maxluqqa aylanadi.