Get Mystery Box with random crypto!

'Dedlayn kuni dramasi' 2013-yilgi qishki transferlar oynasini | FUTBOL FAKTLARI

"Dedlayn kuni dramasi"

2013-yilgi qishki transferlar oynasining so'nggi kunida mashhur nigeriyalik asli Toshkentda tug'ilgan Piter Odemvinji bilan juda qiziq voqea yuz beradi. "Vest Bromvich"dagi holatidan norozi Piter buni tvitterda ochiqchasiga bildiradi. Keyin klub uni 2 haftalik maoshidan mahrum qiladi. Shu vaqtlar o'ziga "KPR" bosh murabbiyi Harri Rednap qiziqayotganini bilgan Odemvinji ko'ch-ko'ronini yig'ishtirib Londonga yo'l oladi va u yerda uni muxbirlar qarshi oladi. "KPR"ga o'tdim deb hisoblagan Piter eski klubiga va Rednapga minnatdorchilik bildirishga ham ulguradi. Ammo aslida... Rednapning jiddiy qiziqishiga qaramasdan "KPR" isyonchi futbolchini sotib olishdan voz kechgandi. Buni jurnalistlar, ikki klub vakillari, muxlislar, xullas barcha bilardi, faqatgina Piterdan tashqari. Soat tungi 11da oyna yopiladi, biroq transferdan xabar yo'q. Keyinchalik buni his qilgan Piter uyatli holatda eski klubiga qaytadi va yarim mavsumni zaxirada o'tkazib, yozda klubdan ketadi.

@FutbolFaktlari_Live